Lyublyanada O'zbekiston–Sloveniya Hukumatlararo iqtisodiy hamkorlik komissiyasining ilk yig'ilishi bo'lib o'tdi
Noyabr 21, 2025. 07:33 • 43 soniya
• 110
LYUBLYANA, 20-noyabr. /"Dunyo" AA/. Sloveniyaga O'zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov boshchiligidagi delegatsiyaning tashrifi tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tashrif davomida qator uchrashuvlar tashkil etildi. Jumladan, Lyublyana shahrida O'zbekiston–Sloveniya Hukumatlararo iqtisodiy hamkorlik komissiyasining birinchi yig'ilishi o'tkazildi.
Muloqot jarayonida tomonlar savdo, transport, qishloq xo'jaligi, raqamli transformatsiya, ta'lim va boshqa istiqbolli yo'nalishlarda hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.
Shuningdek, Laziz Kudratov Sloveniya Bosh vazir o'rinbosari, Tashqi va yevropa ishlari vaziri Tanya Fayon bilan uchrashdi. Muzokaralarda farmatsevtika, logistika, kritik minerallar bo'yicha kooperatsiyani rivojlantirish, o'zbek mahsulotlarini Yevropa Ittifoqi bozoriga olib chiqish masalalari ko'rib chiqildi.
Delegatsiya a'zolari Sloveniya kompaniyalari bilan qator uchrashuvlar o'tkazib, raqamlashtirish, aviatsiya, kadrlar tayyorlash, farmatsevtika, energetika va sug'urta yo'nalishlarida loyihalarni amalga oshirish bo'yicha kelishuvlarga erishildi.
Tadbir yakunida Komissiya yig'ilishi bayonnomasi hamda ikki davlat qishloq xo'jaligi vazirliklari o'rtasida hamkorlik to'g'risidagi Memorandum imzolandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston elchisi Bangladesh Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Rigada Oʻzbekiston milliy stendi taqdim etildi
Krasnoyarsk viloyatining Oʻzbekistonga tashrifi amalga oshirildi