Bir guruh fuqarolar “Inson huquqlari himoyasi uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Dekabr 10, 2025. 20:12 • 4 daq
• 71TOSHKENT, 10-dekabr. /“Dunyo” AA/. Bugun poytaxtimizdagi Inson huquqlari uyida Xalqaro inson huquqlari kuniga bag‘ishlangan tantanali tadbir o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Unda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy markazining milliy va xalqaro hamkorlari, mamlakatimiz viloyatlari markazlaridagi kutubxonalar xodimlari, Milliy markazning Jamoatchilik kengashi aʼzolari ishtirok etdi.
Tadbirda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy markazi direktori, akademik Akmal Saidov so‘zga chiqib, xalqaro hamjamiyat tomonidan 1948-yili Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilingani va ushbu xalqaro-huquqiy hujjatga dunyo ahli eʼtiborini jalb qilish maqsadida 1950-yili BMT Bosh Assambleyasi qarori bilan 10-dekabr – Xalqaro inson huquqlari kuni deb eʼlon qilinganini taʼkidladi.
Ushbu xalqaro sananing 2025 yilgi mavzusi “Inson huquqlari – kundalik hayotimizning ajralmas qismi” shiori ostida o‘tmoqda. Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy strategiyasi doirasida mamlakatimizda har yili 1–10-dekabr kunlari “Inson huquqlari” o‘n kunligi o‘tkazib kelinmoqda.
BMT Taraqqiyot dasturining (BMTTD) mamlakatimizdagi doimiy vakili Akiko Fudzii hamda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YXHT) O‘zbekistondagi loyihalari muvofiqlashtiruvchisi elchi Antti Karttunen so‘zga chiqib, inson huquqlarini rivojlantirish yo‘lidagi samarali hamkorlik uchun minnatdorchilik izhor etdi. O‘zbekiston Hukumatining bu boradagi saʼy-harakatlari kelgusida ham izchil qo‘llab-quvvatlanishiga ishonch bildirildi.
Tadbir davomida Inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi amaliy ishlari, inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi nodavlat tashkilotlardagi faoliyati, inson huquqlari sohasidagi taʼlim, fan va targ‘ibot hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun bir guruh fuqarolar, xalqaro tashkilotlar hamda davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari “Inson huquqlari himoyasi uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Jumladan:
I. Inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi amaliy ishlari uchun:
● Xujamberdiyev Mamazair Axmedovich – Andijon davlat tibbiyot instituti fakultet terapiya kafedrasi mudiri;
● Artikova Svetlana Baymirzayevna – O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari;
● Abdusalomov Mirza-Ulug‘bek Elchiyevich – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining raisi;
● Nurmatova Mukaram Ahmedovna – O‘zbekiston Respublikasi Xotin- qizlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari;
● Turdiyev Rustambek Abdunazarovich – Xalq deputatlari Kengashi Sirdaryo viloyati ekspert guruhi aʼzosi;
II. Inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi nodavlat tashkilotlardagi faoliyati uchun:
● Mingboyev Ubaydulla Qurbonovich – O‘zbekiston Sudyalari assotsiatsiyasining raisi;
● Teshabayeva Umida Alimdjanovna – Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori;
● Toshkent shahar “SHAROIT PLUS” nogironlar jamiyati birlashmasi;
● O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi;
III. Inson huquqlari sohasidagi taʼlim va fanga qo‘shgan hissasi uchun:
● Rustambayev Mirzayusup Hakimovich – O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti boshlig‘i;
● Kutibayeva Yelizaveta Duysenbayevna – Qoraqalpoq davlat universiteti kafedrasi professori;
● Toshev Bobokul Norkobilovich – Sanʼatkor, ijodkor va ijrochilarning mualliflik huquqlarini himoya qilish palatasi Boshqaruvi raisining maslahatchisi;
● Turgunov Ilhom Turgunovich – O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi markaziy devoni Yuridik taʼminlash va murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i;
IV. Inson huquqlari sohasidagi targ‘ibotga qo‘shgan hissasi uchun:
● Xudoyberdiyev Xushnud G‘ayratovich – O‘zbekiston Milliy axborot agentligi Bosh direktorning birinchi o‘rinbosari;
● Ernazarov Erkin Madiyorovich – “Demokratlashtirish va inson huquqlari” jurnali bosh muharriri;
● “Klass” gazetasi – bolalar va o‘smirlarning ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy-maʼrifiy nashri;
● Eshmurodov Arslon Husanovich – “Odillik mezoni” ilmiy-amaliy, huquqiy jurnali bosh muharriri;
V. Inson huquqlari sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun:
● Xabriyeva Taliya Yarullovna – Rossiya Federatsiyasi Hukumati huzuridagi Qonunchilik va qiyosiy huquqshunoslik instituti direktori;
● Azamat Shambilov – “Centre for Development and Justice International” (CDJI) xalqaro nodavlat tashkiloti rahbari;
● Changrok Sox – BMT Inson huquqlari qo‘mitasi raisi.
Bundan tashqari, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy markazi Jamoatchilik kengashining faol aʼzolari va xalqaro hamkorlar Milliy markazning tashakkurnomalari bilan taqdirlandi.
“Inson huquqlari himoyasi uchun” ko‘krak nishoni Prezidentimizning 2020-yil 22-iyundagi “Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni asosida, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tashabbusi bilan taʼsis etilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Qoraqalpoq o‘tovi YUNESKO Reprezentativ ro‘yxatiga kiritildi
IHMM va BMTTD o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
Toshkentda “Renessans” milliy mukofoti taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tmoqda



