Toshkentda “Renessans” milliy mukofoti taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tmoqda
Dekabr 10, 2025. 17:06 • 55 soniya
• 118TOSHKENT, 10-dekabr. /“Dunyo” AA/. Bugun poytaxtimizdagi “Renessans” kino uyida O‘zbekiston Milliy media birlashmasi tomonidan taʼsis etilgan “Renessans” milliy mukofotining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar bermoqda voqea joyidan “Dunyo” AA muxbiri.
Milliy mukofot O‘zbekiston Prezidentining 2022-yil 27-iyundagi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida taʼsis etilgan bo‘lib, u yil davomida ommaviy axborot vositalari sohasida yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan, jamoatchilik ishonchiga sazovor bo‘lgan ijodiy jamoalar va media loyihalarni rag‘batlantirishni maqsad qiladi.
Tadbirning asosiy maqsadi mamlakatimizda jurnalistika sohasini qo‘llab-quvvatlash, tele va radiokanallar, media loyihalarning tezkor, xolis va sifatli axborot yetkazish borasidagi faoliyatini rag‘batlantirish, shuningdek, kreativ ijodiy media kontentlar takdim etish faoliyatini rag‘batlantirishdir.
Joriy yilning 27-oktyabr sanasida start berilgan “Renessans” milliy mukofoti uchun jami un uchta nominatsiya bo‘yicha yuzdan ortiq nomzodlar arizalari qabul qilingan. G‘oliblar ikki bosqichli baholash tizimi orqali saralandi.
Birinchi bosqichda nomzodlar xalqimiz eʼtibori va eʼtirofidagi professional ekspertlar kengashi tomonidan saralab berilgan bo‘lsa, ikkinchi bosqichda yuqori ballarni to‘plagan tele va radio kanallar hamda media loyihalar xalq ovoziga qo‘yildi. Eng ko‘p ovoz to‘plagan nomzodlar “Renessans” milliy mukofoti taqdirlash marosimida eʼlon qilinmokda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Qoraqalpoq o‘tovi YUNESKO Reprezentativ ro‘yxatiga kiritildi
Bir guruh fuqarolar “Inson huquqlari himoyasi uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
IHMM va BMTTD o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

