Iroq biznes-delegatsiyasi Samarqanddagi yetakchi korxonalarga tashrif buyurdi
Yanvar 16, 2026. 16:11 • 38 soniya
• 297SAMARQAND, 19-yanvar. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonga tashrif buyurgan Iroq biznes-delegatsiyasi Samarqanddagi “Ideal Elektro Lux”, “Sam Rafoat Tekstil”, “SAG”, “Azia Metall Prof” va “Pet Agro Oil” korxonalari ishlab chiqarish faoliyati bilan yaqindan tanishdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Iroq biznes-delegatsiyasining Samarqandga tashrifi chog‘ida O‘zbekiston–Iroq biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, qurilish mollari, farmatsevtika mahsulotlari, elektrotexnika maishiy uy jihozlari, tekstil va to‘qimachilik, mebel mahsulotlari sohalarida ikki davlat ishbilarmonlari qatnashdi.
Tadbirda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov va Iroq Iqtisodiy kengashi raisi Ibrohim al-Bag‘dodiy nutq so‘zladi.
Forumda Samarqandning investitsiyaviy jozibadorligi, sanoat va eksport salohiyatlariga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi.
Ikki davlat ishbilarmon doira vakillari o‘rtasida B2B uchrashuvlar tashkil etilib, o‘zaro hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi







