“Yenikonya” gazetasi: Islom sivilizatsiyasi markazi butun islom olami uchun ilmu ma’rifat mayog‘i bo‘lib xizmat qiladi
Mart 19, 2026. 16:04 • 2 daq
• 97
ANQARA, 21-mart. /“Dunyo” AA/.Turkiyaning “Yenikonya” gazetasida Islom sivilizatsiyasi markazining ochilishiga bag‘ishlangan maqolae’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Nashrning yozishicha, so‘nggi yillarda islom olamining eng muhim tarixiy, madaniy va badiiy durdonasiga aylangan ushbu muazzam majmua muborak muqaddas Ramazon oyida foydalanishga topshirildi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev markazning rasmiy ochilish marosimi va iftorlik dasturxonida ishtirok etib, tarixiy nutq so‘zladi.
Gazetada qayd etilishicha, 2017-yilning Ramazon oyida poydevori qo‘yilgan ushbu ulug‘vor loyiha 2026-yilgi Ramazon hayiti arafasida nihoyasiga yetkazildi. Marosimda turli millat va diniy e’tiqod vakillari, diplomatik missiyalar rahbarlari va xalqaro tashkilotlar rasmiylari ishtirok etdi.
“Yenikonya” Markazning mazmun-mohiyatiga to‘xtalar ekan, uning kirish qismiga muhrlangan “Iqro!” (O‘qi!) oyati loyihaning asosiy g‘oyasi – ilm va ma’rifat ekanidan dalolat berishini yozadi. Markazda “Islomgacha bo‘lgan davr”, “Birinchi va Ikkinchi Renessans” hamda Yangi “O‘zbekiston — Uchinchi Renessans poydevori” kabi ekspozitsiya zallari joy olgan. Markaziy zalda esa dunyodagi eng qadimgi qo‘lyozmalardan biri – Usmon mushafi uchun alohida joy ajratilgan.
Maqolada loyihaning xalqaro xarakteriga ham urg‘u berilgan. Qurilish va ilmiy tadqiqot jarayonlarida Turkiya, Fransiya, Xitoy, Buyuk Britaniya va AQSh kabi mamlakatlardan mutaxassislar ishtirok etgan. Markaz tarkibida AYSYESKO, IRSIKA va TURKSOY kabi xalqaro tashkilotlarning ofislari ochilgani hamkorlikning yangi bosqichidir.
Turkiya nashri maqolani ezgu tilaklar bilan yakunlagan: “Umid qilamizki, ushbu markaz nafaqat O‘zbekiston, balki butun islom olami va insoniyat uchun ilm va ma’rifat mayog‘i bo‘lib xizmat qiladi”.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi