Logo

Xitoydan munosabat: O‘zbekiston diplomatlari oldiga mamlakat taraqqiyotiga taʼsir ko‘rsatadigan vazifalar qo‘yildi

Yanvar 20, 2026. 09:00 • 2 daq

115
Xitoydan munosabat: O‘zbekiston diplomatlari oldiga mamlakat taraqqiyotiga taʼsir ko‘rsatadigan vazifalar qo‘yildi

PEKIN, 20-yanvar. /“Dunyo” AA/. Xitoyning “Travel&Leisure” nashri bosh muharriri Yan Szipin “Dunyo” AA uchun O‘zbekiston Prezidenti raisligida bo‘lib o‘tgan Tashqi ishlar vazirligi va xorijdagi diplomatik vakolatxonalar faoliyatiga bag‘ishlangan yig‘ilish yakunlariga izoh berdi:

– Aniq natijalarga erishadigan, xalqaro maydonda O‘zbekiston manfaatlarini qatʼiy himoya qiladigan yangi formatsiyadagi diplomatlar davri kelmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev TIV va xorijdagi diplomatik vakolatxonalar faoliyatiga bag‘ishlangan yig‘ilishda maʼlum qildi.

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda faol tashqi siyosat islohotlari amalga oshirilmoqda. Taʼlim tizimini rivojlantirish, yoshlarning bilimini oshirishga katta eʼtibor qaratilmoqda. Mamlakatda yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalari filiallari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Prezident dunyoning Top-100 talik reytingiga kirgan nufuzli chet el universitetlarini O‘zbekiston oliy taʼlim muassasalarining hamkorlari sifatida jalb qilish bo‘yicha aniq choralar ko‘rish zarurligini taʼkidladi.

Hech shubhasiz, bu saʼy-harakatlar bugun o‘z natijasini bermoqda. O‘zbekiston yoshlari xalqaro miqyosda mamlakat bayrog‘ini tobora baland ko‘tarmoqda. Bunday yoshlar olimpiada chempioni bo‘lmoqda, xalqaro musobaqalarda g‘olib chiqmoqda. Bugun butun dunyo “O‘ZBEKISTON” so‘zini balandroq eshitmoqda.

Biz uchun do‘st bo‘lgan mamlakatingiz Yangi O‘zbekistonni barpo etish, islohotlar va yangilanishlar yo‘lidan qatʼiy borayotgani Xitoyda bizni quvontiradi.

O‘zbekistonning tashqi siyosati dolzarb mintaqaviy va xalqaro muammolarni hal etishda faol rol o‘ynamoqda. Diplomatlar oldiga barcha yo‘nalishlar bo‘yicha yana-da ko‘proq vazifalar qo‘yilmoqdaki, ularning hal etilishi mamlakatni yana-da rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

xojabek@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish