Logo

O‘zbekiston va BAA mehnat migratsiyasi va qishloq xo‘jaligi sohalaridagi aloqalarni mustahkamlamoqda

Fevral 11, 2026. 12:29 • 48 soniya

99
O‘zbekiston va BAA mehnat migratsiyasi va qishloq xo‘jaligi sohalaridagi aloqalarni mustahkamlamoqda

ABU-DABI, 11-fevral. /“Dunyo” AA/. Abu-Dabi shahrida Birlashgan Arab Amirliklarining “Emirati Group” kompaniyasi raisi Muhammad Ali al-Hosani bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mazkur kompaniya 1984-yilda tashkil etilgan bo‘lib, autsorsing, kadrlar va konsalting xizmati bilan shug‘ullanadi. Uning tarkibida BAAga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini import qilish bilan shug‘ullanuvchi “Foodco” kompaniyasi ham faoliyat yuritadi.

Muloqot davomida tomonlar BAAda qurilish, neft-gaz va mehmonxona biznesi sohasida ishlash uchun o‘zbekistonlik mutaxassislarni jalb qilish, shuningdek, O‘zbekistondan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish imkoniyatlarini muhokama qildilar.

“Emirati Group” raisi mazkur yo‘nalishlarda kadrlarga talab yuqoriligini taʼkidlab, BAAda mutaxassislarni ishga joylashtirish tartiblari haqida batafsil taqdimot o‘tkazdi. Shuningdek, u O‘zbekistonda islom bank tizimi joriy etilayotganidan xabardorligini tasdiqladi va ushbu sohada hamkorlik imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuv yakunida muhokama qilingan tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni tayyorlash, jumladan, 2026-yilda “Emirati Group” raisining yurtimizga tashrifini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish