"Sankt-Peterburg" telekanalida O'zbekiston xalqining Ikkinchi jahon urushi davridagi qahramonliklari haqidagi filmlar namoyish etildi
May 14, 2025. 17:33 • 57 soniya
• 1255
SANKT-PETERBURG, 14-may. /"Dunyo" AA/. Rossiyaning "Sankt-Peterburg" telekanalida Ikkinchi jahon urushi davrida qahramonlik ko'rsatgan O'zbekistonning mard o'g'lonlari va o'zbek xalqi hayotiga bag'ishlangan filmlar namoyish etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Ushbu loyiha O'zbekiston Bosh konsulxonasi tashabbusi va Sankt-Peterburg hukumati ko'magida Ikkinchi jahon urushida qozonilgan G'alabaning 80 yilligi munosabati bilan amalga oshirildi.
Xususan, o'zbek xalqining Ikkinchi jahon urushidagi jasorati va fidoyiligi batafsil yoritilgan "O'zbek qizi", "Qirq birinchi yil olmalari" va "Leningradliklar mening bolalarim" filmlari ikki kun davomida "Sankt-Peterburg" telekanalida efirga uzatildi.
"O'zbek qizi" filmida o'zbek qizi timsolida o'zbek xalqining urushga tortilish tarixi yoritilgan. Mazkur film O'zbekistonda 2023-yilning eng yaxshi kinosi sifatida e'tirof etilgan.
"Qirq birinchi yil olmalari" filmi keksa o'zbek kolxozchisi haqidagi mutlaqo real voqeaga asoslangan kartinadir. "Leningradliklar – mening bolalarim" badiiy filmida esa qamalda qolgan va ota-onasidan ayrilgan bolalarning Markaziy Osiyoga evakuatsiya qilinishiga bag'ishlangan.
Mazkur filmlar namoyishi tomoshabinlar tomonidan ijobiy kutib olindi. Ular mazkur filmlar fashizm ustidan qozonilgan G'alabaga beqiyos qissa qo'shgan va og'ir urush yillarida yuz minglab evakuatsiya qilingan insonlarni o'z bag'riga olgan o'zbekistonliklarning xotirasini yod etishga xizmat qilishini ta'kidladilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi