Logo

O'zbekiston elchixonasi tomonidan taqdim etgan ko'chatlar Vitebsk davlat universiteti hududida barpo etilgan G'alabaning 80 yilligi xiyobonida ekildi

May 16, 2025. 09:38 • 36 soniya

656
O'zbekiston elchixonasi tomonidan taqdim etgan ko'chatlar Vitebsk davlat universiteti hududida barpo etilgan G'alabaning 80 yilligi xiyobonida ekildi

VITEBSK, 16-may. /"Dunyo" AA/. P.M.Masherov nomidagi Vitebsk davlat universitetining Botanika bog'ida Ikkinchi jahon urushida qozonilgan G'alabaning 80 yilligiga bag'ishlangan yangi xiyobon barpo etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Ushbu bog'ga O'zbekiston, Rossiya, Qozog'iston, Tojikiston, Xitoy, Hindiston va boshqa davlatlar elchixonalari tomonidan Vitebsk viloyatining iqlim sharoitlariga moslashtirilgan 12 tup ko'chat taqdim etildi. Ular Vitebsk davlat universitetida tahsil olayotgan talabalar tomonidan ekildi.

Tadbir doirasida Botanika bog'ida Ikkinchi jahon urushida qahramonlik ko'rsatgan askarlar jasoratiga bag'ishlangan ko'rgazma tashkil etildi.

Vitebsk davlat universiteti rahbariyati O'zbekiston va Belarus o'rtasidagi ikki tomonlama aloqalarni yana-da kengaytirish va mustahkamlash qaratilgan o'zaro hamkorlikni kengaytirishga tayyor ekanliklarini ta'kidladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish