Logo

Moskvada o‘zbekistonlik rejissyorning “Taymetov. G‘alaba elchisi” hujjatli filmi taqdim etildi

Fevral 24, 2026. 16:55 • 45 soniya

111

MOSKVA, 24-fevral. /“Dunyo” AA/. Moskvadagi “Rossiya” milliy markazida bo‘lib o‘tgan “RT.Dok.Fest” IV xalqaro hujjatli kino festivali doirasida o‘zbekistonlik rejissyor Eldor Yo‘ldoshevning “Taymetov. G‘alaba elchisi” filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mazkur hujjatli film Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaga o‘zbek xalqi qo‘shgan beqiyos hissa va ko‘rsatgan qahramonliklari haqida hikoya qiladi. Film markazida birinchi o‘zbek harbiy uchuvchisi, O‘zbekiston aviatsiya maktabi asoschisi va Toshkent aeroportining birinchi direktori Abdusamat Taymetovning ibratli hayot yo‘li yoritilgan.

Ko‘rik-tanlov yakunlariga ko‘ra, Eldor Yo‘ldoshevning ushbu asari Ikkinchi jahon urushi qahramoni haqidagi “Eng yaxshi film” nominatsiyasida g‘olib deb topildi va maxsus mukofot bilan taqdirlandi. G‘olib sifatida ushbu kartina endilikda “RT.Dok” telekanali orqali namoyish etiladi.

Bu kabi ijodiy muvaffaqiyatlar o‘zbek kinematografiyasining xalqaro maydondagi nufuzini oshirish bilan bir qatorda, tarixiy xotira va ajdodlar jasoratini yosh avlodga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish