O'zbekistonda yetishtirilgan o'rik va gilos Rossiyaning Sibir o'lkasi bozorlarini zabt etmoqda
May 17, 2025. 07:56 • 30 soniya
• 89
NOVOSIBIRSK, 17-may. /"Dunyo" AA/. Shu yilning 8-12-may kunlari O'zbekistonda yetishtirilgan yangi o'rik va gilos mevalarining birinchi partiyasi Rossiyaning Novosibirsk viloyatiga eksport qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"NGS.ru" elektron portalining "Rosselxoznadzor" Sibir hududlararo boshqarmasi ma'lumotiga tayanib ma'lum qilishicha, O'zbekistondan keltirilgan meva va rezavorlar Novosibirsk do'konlari peshtaxtalariga qo'yilishidan oldin fitosanitariya nazoratidan muvaffaqiyatli o'tgan.
"Barcha meva va rezavorlar partiyalari majburiy hujjatlarga ega, ularning xavfsizligi fitosanitariya ekspertizasi xulosalari bilan tasdiqlangan", – deyiladi manbada.
Bugungi kunda Novosibirsk va Sibirning boshqa shaharlariga O'zbekistonda yetishtirilgan 167 tonna o'rik va 5,5 tonna gilos yetkazib berildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Kuvaytda o‘zbek mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etildi
AQShning eng yirik savdo tarmoqlarida o‘zbek oziq-ovqat mahsulotlari sotiladi
Kuvaytga ilk bor 23 tonna qora mayiz eksport qilindi