Logo

Xitoy o'zbek za'faronini import qilish uchun eshiklarini ochdi

Iyul 28, 2024. 18:17 • 31 soniya

732
Xitoy o'zbek za'faronini import qilish uchun eshiklarini ochdi

TOSHKENT, 28-iyul. "Dunyo" AA/. Mamlakatimizda milliy za'faronchilik rivojlangani sari uning eksport geografiyasi ham kengayib bormoqda, deb xabar beradi "Dunyo" AA muxbiri.

Endilikda dunyodagi eng ko'p aholiga ega davlatlardan biri Xitoy ham mamlakatimiz zaminida yetishtirilgan o'zbek za'faroni uchun o'z eshiklarini ochdi.

Bir necha yillik chuqur va tahliliy tekshiruvlardan keyin O'zbekiston va Xitoy idoralararo komissiyasi xulosasiga ko'ra za'faron tegishli ruxsatnomaga ega bo'ldi.

BMB Za'faron mahsuloti joriy yil boshida mintaqamizda birinchi bor o'zbek za'faronining Amerika bozorlariga kirishiga imkon beruvchi USDA Organic (AQSh Qishloq xo'jaligi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan ekologik sertifikat) sertifikatiga ega bo'lgandi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish