Logo

Janubiy Koreyaning O'zbekistondagi sobiq elchisi tashqi ishlar vaziri o'rinbosari etib tayinlandi

Mart 25, 2024. 09:14 • 39 soniya

642
Janubiy Koreyaning O'zbekistondagi sobiq elchisi tashqi ishlar vaziri o'rinbosari etib tayinlandi

TOSHKENT, 25-mart. /"Dunyo" AA/. Koreya Respublikasining O'zbekistondagi sobiq elchisi Kim Xi-sang o'z mamlakatining tashqi ishlar vaziri o'rinbosari etib tayinlandi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

2024-yil 12-yanvardan buyon diplomat Cho Txe-yul rahbarlik qilib kelayotgan Janubiy Koreya Tashqi ishlar vazirligida 54 yoshli Kim Xi-sang iqtisodiy diplomatiya bilan shug'ullanadi.

U Seul milliy universitetining Iqtisodiyot fakulteti bitiruvchisi va Edinburg universiteti (Buyuk Britaniya) xalqaro huquq magistri hisoblanadi. 1993-yildan Tashqi ishlar vazirligi tizimida, markaziy apparatda ham, xorijda ham ishlagan. 2022-yil 24-noyabr kuni Kim Xi-sang Toshkentdagi elchi sifatida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga ishonch yorliqlarini topshirgan edi.

2024-yilning 14-mart kuni Tashqi ishlar vazirligida Janubiy Koreya elchisi bilan xayrlashuv uchrashuvi bo'lib o'tdi.

"Dunyo" AA arxividan olingan surat

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish