Afg'oniston Sharqida sodir bo'lgan dahshatli zilzila oqibatida vafot etganlar soni 1400 kishidan oshdi
Sentabr 03, 2025. 11:45 • 48 soniya
• 297
KOBUL, 3-sentabr. /"Dunyo" AA/. Afg'onistonning Kunar viloyatida yaqinida sodir bo'lgan dahshatli zilzila oqibatida vafot etganlar soni 1400 kishidan oshdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Baxtar" axborot agentligi ma'lumotlariga ko'ra, zilzila oqibatida 1411 kishi halok bo'lgan va 3124 kishi jarohatlangan.
"Zilzila epitsentri bo'lgan Kunarda 5412 ta uy vayron bo'ldi, – deya xabar beradi agentlik. – Shuningdek, Nuriston, Lag'mon, Nangarhor va Panjsher viloyatlarida ham vayronagarchiliklar qayd etilgan".
Ma'lum qilinishicha, mamlakatda 6 magnitudali zilziladan ikki kun o'tib, qutqaruv xizmatlari mahalliy aholi ko'magida qutqaruv, evakuatsiya, jarohatlanganlarni davolash va yordam ko'rsatish ishlarini davom ettirmoqda.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston Prezidenti Afg'oniston Sharqida sodir bo'lgan zilzila oqibatida ko'plab odamlar hayotdan ko'z yumgani va jarohat munosabati bilan mazkur mamlakat rahbariyatiga hamdardlik bildirgan edi.
Shuningdek, O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ham ushbu mamlakatda sodir bo'lgan dahshatli zilzila munosabati bilan hamdardlik bildirdi va har tomonlama yordam berishga tayyorligini tasdiqladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Doha forumi doirasida Termiz muloqotining strategik ahamiyati taqdim etildi
Nukus va Samarqand YUNESKOning Global taʼlim shaharlari tarmog‘iga qo‘shildi