O'zbekiston JSTga a'zo bo'lish bo'yicha Kanada va Panama bilan muzokaralarni yakunladi
Noyabr 06, 2025. 15:53 • 50 soniya
• 194
TOSHKENT, 6-noyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo'lish bo'yicha Kanada va Panama bilan ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Bu haqda O'zbekiston Prezidentining Jahon savdo tashkiloti (JST) bo'yicha vakili Azizbek Urunov o'zining LinkedIn sahifasida ma'lum qildi.
"O'zbekistonning JSTga a'zo bo'lishi bo'yicha Ishchi guruhning 11-yig'ilishida mamlakatimiz Kanada va Panama bilan ikki tomonlama muzokaralarni muvaffaqiyatli yakunlab, tegishli protokollarni imzoladi", deb yozgan o'zbekistonlik muzokarachi.
Avvalroq, Azizbek Urunov mamlakatimiz JSTga a'zo bo'lish uchun yana uchta davlat bilan muzokaralar olib borishi lozimligini ta'kidlagan edi, biroq hali ularning ro'yxati oshkor qilinmagan. U oldinroq, ushbu tashkilotga a'zo bo'lish bo'yicha 31 ta davlat bilan muzokaralar yakunlanganini ham xabar qilgandi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston allaqachon AQSh, Xitoy, Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi bilan JSTga a'zo bo'lish bo'yicha muzokaralarni yakunlagan. Mamlakatimiz 2026-yil mart oyida bo'lib o'tadigan 14-JST vazirlar konferensiyasiga qadar qolgan davlatlar bilan muzokaralarni yakunlashni va savdo tashkilotining to'laqonli a'zosi bo'lishni rejalashtirmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Doha forumi doirasida Termiz muloqotining strategik ahamiyati taqdim etildi
Nukus va Samarqand YUNESKOning Global taʼlim shaharlari tarmog‘iga qo‘shildi