Kuvaytlik investorlar Boyovut tumanida tibbiyot yo'nalishida investitsiyaviy loyihani amalga oshirishi mumkin
May 30, 2025. 18:38 • 34 soniya
• 108
BOYOVUT, 30-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Kuvaytdagi elchixonasi ko'magida kuvaytlik ishbilarmon doir vakillarining Sirdaryo viloyatiga biznes-missiya tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Kuvayt biznesi vakillari safar davomida Sirdaryo viloyati Boyovut tumani hokimi Dilfuza Uralova bilan muzokara o'tkazdilar.
Do'stona ruhda o'tgan muloqot davomida ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari, xususan, tibbiyot sohasida investitsion loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar o'zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish, zamonaviy tibbiy xizmatlar ko'rsatish imkoniyatlarini kengaytirish, eng asosiysi, yangi ish o'rinlarini yaratish orqali hudud aholisi farovonligini oshirishga qaratilgan tashabbuslarni qo'llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Uchrashuv yakunida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish bo'yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi