Logo

Xitoy kompaniyalari Xorazm viloyatida istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshiradi

May 30, 2025. 13:20 • 54 soniya

92
Xitoy kompaniyalari Xorazm viloyatida istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshiradi

SHANXAY, 30-may. /"Dunyo" AA/. Xorazm viloyati hokimi Jo'rabek Rahimov boshchiligidagi delegatsiyaning Shanxay shahriga safari doirasida Xitoyning yetakchi kompaniyalari ishtirokida biznes-simpozium o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tadbir qatnashchilariga Xorazm viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holati, mavjud infratuzilmaviy imkoniyatlar, shuningdek, xorijiy investorlar uchun yaratilgan sharoitlar va taqdim etilayotgan imtiyozlar haqida so'zlab berildi.

 Shuningdek. qishloq xo'jaligi, qurilish, "yashil" energetika, to'qimachilik, turizm, elektronika va biofarmatsevtika kabi ustuvor sohalarda o'zaro hamkorlik yo'nalishlari muhokama qilindi.

Xitoy kompaniyalari vakillari Xorazm viloyati bilan uzoq muddatli hamkorlikni yo'lga qo'yishdan manfaatdor ekanliklarini bildirishdi. Shuningdek, ular o'zlarini qiziqtirgan savollariga Xorazm viloyati mutasaddilaridan batafsil javob oldilar.

Tadbir davomida manfaatdor xorijiy kompaniyalar vakillari bilan G2B shaklida uchrashuvlar bo'lib o'tdi. Unda hamkorlikning aniq yo'nalishlari, qo'shma loyihalarni amalga oshirish mexanizmlari va Xorazm viloyatida ishlab chiqarishni mahalliylashtirish shartlari xususida fikr almashildi.

Muzokaralar natijasida tomonlar bir qator istiqbolli investitsiya tashabbuslarini hayotga tadbiq etish bo'yicha kelishib oldilar.

Bundan tashqari, joylardagi sharoit va salohiyatni batafsil o'rganish maqsadida iyun oyining birinchi yarmida Xitoyning yetakchi kompaniyalari vakillarining Xorazm viloyatiga safarini tashkil etish rejalashtirildi.

 

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish