Logo

Shanxay shahrida Navoiy viloyatining savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyatiga bag'ishlangan biznes-forum bo'lib o'tdi

May 28, 2025. 14:23 • 56 soniya

103
Shanxay shahrida Navoiy viloyatining savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyatiga bag'ishlangan biznes-forum bo'lib o'tdi

SHANXAY, 29-may. /"Dunyo" AA/. Shanxay import va eksport palatasi bilan hamkorlikda Xitoy hududlari va Navoiy viloyati o'rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan biznes-forum o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mazkur tadbirda O'zbekiston tomonidan Navoiy viloyati hokimi o'rinbosari Elbek G'afforov boshchiligidagi delegatsiya, shuningdek, Xitoyning 50 dan ortiq yirik kompaniya vakillari qatnashdi.

Forum ishtirokchilariga Navoiy viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyati haqida so'zlab berildi.

Xitoylik investorlar Navoiy viloyatida biznes yuritish shartlari, yaratilgan imkoniyatlar, soliq va bojxona imtiyozlari, davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash choralari va aniq investitsiya loyihalariga oid savollarga batafsil javob oldilar.

Tadbir doirasida Xitoy kompaniyalari vakillari bilan Navoiy viloyati hududida "aqlli shahar" infratuzilmasi, "yashil" energetika, mebel va avtomobil ehtiyot qismlari, oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish bo'yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

Yakunda ushbu sohalarda qo'shma loyihalarni amalga oshirish uchun muzokaralarni davom ettirish bo'yicha kelishuvga erishildi.

Safar davomida Navoiy viloyati delegatsiyasi vakillari Xitoyning yirik kompaniyalari faoliyati bilan bevosita tanishdilar. Shuningdek, korxonalar rahbariyati bilan Navoiy viloyatida birgalikda ishlab chiqarish quvvatlarini yo'lga qo'yish to'g'risida fikr almashdilar.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish