Logo

O'zbekiston va Yevropa Ittifoqi tashqi siyosat idoralari rahbarlari hamkorlikni mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar

Oktabr 21, 2025. 22:21 • 39 soniya

234
O'zbekiston va Yevropa Ittifoqi tashqi siyosat idoralari rahbarlari hamkorlikni mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar

TOSHKЕNT, 21-oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo'yicha oliy vakili, Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Kaya Kallas bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo'yicha oliy vakili, Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Kaya Kallas xonim bilan ochiq va mazmunli uchrashuv o'tkazdik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Suhbatimizda barqaror mintaqaviy taraqqiyotni ta’minlash, Markaziy Osiyo va Yevropa o'rtasida yangi ko'priklar barpo etish hamda O'zbekiston va Yevropa Ittifoqi o'rtasidagi mavjud hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildik.

Shuningdek, biz transport aloqalaridan tortib "yashil" energetikagacha, innovatsiyalardan ta’limgacha bo'lgan sohalarda hamkorlik doirasini kengaytirishning istiqbolli yo'nalishlarini ko'rib chiqdik".

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish