O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Maltaning mamlakatimizdagi birinchi elchisidan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi
Yanvar 23, 2025. 16:59 • 50 soniya
• 171
TOSHKENT, 23-yanvar. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Maltaning yangi tayinlangan elchisi Karmelo Inguanezni qabul qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Maltaning O'zbekistondagi birinchi elchisi Karmelo Inguanez janoblarining ishonch yorliqlarini qabul qildik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram kanalida. – Kun tartibimizdan ikki tomonlama aloqalarning huquqiy asoslarini mustahkamlash, parlamentlar o'rtasida do'stlik guruhlarini tashkil etish, iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, turizmni qo'llab-quvvatlash, ta'lim sohasida aloqalarni jadallashtirish va O'zbekiston-Malta munosabatlarini yuksaltirishga qaratilgan boshqa yo'nalishlar muhokamasi joy oldi. Shuningdek, biz diplomatik pasport egalari uchun o'zaro vizasiz rejim joriy qilish to'g'risida Bitim imzoladik".
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston va Malta o'rtasidagi diplomatik munosabatlar 1993-yil 25-fevralda o'rnatilgan. 2024-yil sentyabr oyi oxirida O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Nyu-York shahrida Malta Bosh vaziri o'rinbosari, tashqi va Yevropa ishlari va savdo vaziri Ian Borch bilan uchrashdi. Muzokaralar yakunida vazirliklar o'rtasida siyosiy maslahatlashuvlar o'tkazish to'g'risidagi Anglashuv memorandumi imzolandi.
"Dunyo" AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi