O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Yevropa investitsiya banki prezidenti bilan uchrashdi
Oktabr 21, 2025. 23:43 • 36 soniya
• 229
TOSHKЕNT, 21-oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Luksemburgda Yevropa investitsiya banki prezidenti Nadiya Kalvino bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Bugun Yevropa investitsiya banki prezidenti Nadiya Kalvino xonim bilan samarali uchrashuv o'tkazdik , – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Suhbatimiz chog'ida O'zbekistonning barqaror iqtisodiy o'sishini qo'llab-quvvatlash, "yashil" o'tish jarayonini jadallashtirish va infratuzilmani modernizatsiya qilishga qaratilgan amaldagi hamda istiqboldagi loyihalarni muhokama qildik.
Yevropa investitsiya banki bizning o'zaro bog'langan, barqaror va kelajakka yo'naltirilgan mintaqani shakllantirish borasidagi umumiy qarashlarimizni ilgari surishda muhim hamkorlardan biridir. O'zbekiston uchun yangi investitsiya va innovatsion imkoniyatlarni ochish yo'lida hamkorlikni kengaytirishda davom etamiz".
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Burundining O‘zbekistondagi birinchi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
Braziliyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
Venada “Markaziy Osiyo – Shimoliy Yevropa” formatidagi birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston TIV rahbari Venada Gruziya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi