O'zbekiston va Malta siyosiy maslahatlashuvlar o'tkazish bo'yicha kelishuvga erishdi
Sentabr 24, 2024. 15:01 • 38 soniya
• 221
TOSHKENT, 24-sentyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Nyu-York shahrida Malta Bosh vaziri o'rinbosari, tashqi va Yevropa ishlari va savdo vaziri, YXHTning amaldagi raisi Ian Borch bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Malta Bosh vaziri o'rinbosari, tashqi va Yevropa ishlari va savdo vaziri, YXHTning amaldagi raisi Ian Borch janoblari bilan uchrashdik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi hamda Malta Tashqi va Yevropa ishlari va savdo vazirligi o'rtasida ikki tomonlama munosabatlarimizdagi ko'plab foydalanilmagan imkoniyatlarni o'rganish uchun mustahkam asos bo'lib xizmat qiladigan siyosiy maslahatlashuvlar o'tkazish to'g'risidagi Anglashuv memorandumini imzoladik".
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston va Malta o'rtasidagi diplomatik munosabatlar 1993-yil 25-fevralda o'rnatilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi