O'zbekiston Prezidentining BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasidagi nutqi Rossiyaning yetakchi OAV tomonidan keng yoritilmoqda
Sentabr 24, 2025. 19:01 • 2 daq
• 56
MOSKVA, 24-sentabr./ "Dunyo" AA/. Rossiya ommaviy axborot vositalari, jumladan, "RIA Novosti", "TASS", "Praym", "Sputnik" kabi yetakchi axborot agentliklari, mashhur "Gazeta.ru" elektron nashri O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Nyu-Yorkda bo'lib o'tayotgan BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasidagi nutqini keng yoritdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Jumladan, "RIA Novosti" AA tarqatgan maqolada ta'kidlashicha, Nyu-Yorkda bo'lib o'tgan BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev zamonaviy chaqiriq va tahdidlarga qarshi yanada samarali kurashish maqsadida BMT Xavfsizlik kengashi tarkibini o'zgartirish va kengaytirish tarafdori ekani bildirdi.
"O'zbekiston rahbari Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasida asosiy nutq so'zladi", – deb yozdi "Sputnik" AA.
O'zbekiston Prezidenti joriy yig'ilish tez o'zgarib borayotgan va murakkab global sharoitda o'tayotgani, Birlashgan Millatlar Tashkiloti faoliyati va kelajagiga yangicha nuqtai nazar va yondashuvni talab qilishini ta'kidladi.
"O'zbekiston rahbari BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning ushbu sharoitda murakkab va dolzarb global muammolarga murosa yechimiga erishishning asosiy platformasi sifatida qolishi borasidagi sa'y-harakatlarini qayd etdi", – deyilgan axborot agentligi maqolasida.
"Praym" AA yozganidek, O'zbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasida so'zlagan nutqida Afg'oniston orqali xalqaro transport va energetika yo'laklarini rivojlantirish bo'yicha rezolyutsiya qabul qilishni taklif qildi.
"Global va mintaqaviy xavfsizlik va barqaror rivojlanish haqida gapirganda, albatta Afg'oniston to'g'risida to'xtalmaslik mumkin emas. Biz Afg'onistonda katta iqtisodiy va infratuzilma loyihalarini amalga oshirmoqchimiz. Ushbu mamlakat orqali xalqaro transport va energetika koridorlarini rivojlantirish bo'yicha Tashkilotimizning alohida rezolyutsiyasini qabul qilishni taklif etamiz", – deya O'zbekiston Prezidentining so'zlarini iqtibos keltirilgan maqolada.
Rossiyaning "Gazeta.ru" ijtimoiy-siyosiy nashri esa Toshkent BMT Xavfsizlik Kengashi faoliyatini o'zgartirish va kengaytirishni hamda tashkilotni murakkab va dolzarb global muammolar bo'yicha murosaviy yechimlarga erishish uchun asosiy platforma sifatida saqlab qolishni qo'llab-quvvatlashini ma'lum qilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston delegatsiyasi ayollar muloqoti forumida ishtirok etdi
"Europa Press": Ispaniya va O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida memorandum imzoladi
O'zbek milliy qadriyatlari "Charity Bazaar" xayriya festivalida e'tirof etildi