Logo

O'zbekiston Prezidentining to'rtinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumidagi nutqi Afg'oniston OAV diqqat markazida

Iyun 13, 2025. 10:05 • 55 soniya

25
O'zbekiston Prezidentining to'rtinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumidagi nutqi Afg'oniston OAV diqqat markazida

TOSHKENT, 13-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning to'rtinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumidagi nutqi Afg'oniston OAV tomonidan keng yoritilmoqda, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri. 

Jumladan, ushbu qo'shni davlatning "Afghanistan milliy TV", "Ishonch TV" va "Tolo news" telekanallari O'zbekiston rahbarining mazkur forumning yalpi majlisidagi nutqiga bag'ishlangan turkum materiallar e'lon qilindi.

 Ularda O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent xalqaro investitsiya forumining ochilish marosimidagi nutqida Afg'oniston muvaqqat hukumati bilan konstruktiv muloqot zarurligini ta'kidlab o'tdi.

"Global kun tartibidagi yana bir masala – bu qo'shni Afg'onistonning tinch va barqaror rivojlanishiga ko'maklashishdan iborat. Bu davlatning amaldagi hukumati bilan xalqaro maydonda konstruktiv muloqot olib borish, uning yakkalanib qolishiga yo'l qo'ymaslik har qachongidan ham muhim", – deya davlatimiz rahbarining nutqidan iqtibos keltirilgan manbalarda.

 Maqolada afg'onistonlik siyosiy tahlilchi Yusuf Amin Zoziy qo'yidagi fikrlari keltirilgan: "O'zbekiston biz bilan mustahkam aloqalar o'rnatib, afg'on xalqining do'sti bo'lishi hamda jahon va xalqaro miqyosda bizni manfaatlarni ilgari surishi mumkin".

 Nashrlarda AQShning Afg'oniston bo'yicha sobiq vakili Zalmay Halilzod O'zbekistonning qo'shni Afg'oniston bilan iqtisodiy va savdo aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan sa'y-harakatlarini yuqori baholagani urg'ulangan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish