O'zbekiston va Yevropa Ittifoqi munosabatlari O'mon OAV nigohida
Oktabr 24, 2025. 10:31 • 50 soniya
• 59
MASKAT, 24-oktabr. /"Dunyo" AA/. O'monning "Asdaa Oman" gazetasida O'zbekiston va Yevropa Ittifoqi munosabatlariga bag'ishlangan maqola e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muallif Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi Tahliliy tadqiqotlar markazi direktori, siyosiy fanlar doktori professor Sayfiddin Jo'rayev davlatimiz rahbarining Bryusselga rasmiy tashrifi doirasida imzolanishi kutilayotgan O'zbekiston va YEI o'rtasidagi Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to'g'risidagi bitimning (EPCA) ahamiyatini tahlil qilgan.
"Ushbu hujjat 2017-yildan buyon mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning samarasidir. Bitim O'zbekistonning jahon hamjamiyati bilan munosabatlarida yangi bosqichni boshlab beradi", – deyilgan nashrda.
Qayd etilishicha, EPCA tashqi siyosat va xavfsizlik sohasida hamkorlikni chuqurlashtirish, mintaqaviy barqarorlik, xalqaro muloqot va qonun ustuvorligini mustahkamlashga xizmat qiladi. Shuningdek, iqtisodiy va savdo aloqalarini kengaytirish, O'zbekistonning strategik mavqeini mustahkamlash, mamlakat iqtisodiy salohiyati va fuqarolar farovonligini oshirish yo'lida muhim ahamiyat kasb etadi.
"Umuman olganda, EPCA O'zbekiston va Yevropa Ittifoqi munosabatlarini yangi, sifat jihatidan yuqori darajaga ko'tarishi kutilmoqda", – deb yozgan muallif o'z xulosasida.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston delegatsiyasi ayollar muloqoti forumida ishtirok etdi
"Europa Press": Ispaniya va O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida memorandum imzoladi
O'zbek milliy qadriyatlari "Charity Bazaar" xayriya festivalida e'tirof etildi