Logo

O'zbekistonga har oyda 1 milliondan ortiq turist kelmoqda

Oktabr 30, 2025. 18:35 • 44 soniya

39
O'zbekistonga har oyda 1 milliondan ortiq turist kelmoqda

 KIYEV, 30-oktabr. /"Dunyo" AA/. Joriy yilning aprel oyidan boshlab O'zbekiston har oyda 1 million ziyod xorijiy sayyohlarni qabul qilmoqda, deb xabar bermoqda "Dunyo" AAmuxbiri.

Ukrainaning "Kyiv Diplomatic" "Open4business" va "Fixygen" nashrlari O'zbekiston Turizm qo'mitasi matbuot xizmati ma'lumotlariga taya'nib yozilishicha, mazkur ko'rsatkichlar mamlakat tarixida birinchi marta qayd etilmoqda.

Ta'kidlanishicha, joriy yilning dastlabki to'qqiz oyida O'zbekistonga jami 8,6 million nafar xorijiy sayyoh tashrif buyurgan bo'lib, bu o'tgan yilning mos davriga nisbatan 12,5 foizga ko'pdir. Umumiy hisobda, mamlakatga

2024-yil yakuni bilan 10,06 million, 2023-yilda 6,62 million va 2022-yilda 5,23 million sayyoh tashrif buyurgan.

Bundan tashqari, joriy yilda turizm xizmatlari eksporti ham rekord darajaga yetib, 3,6 milliard AQSH dollaridan oshdi.

So'nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar, xususan, viza rejimining soddalashtirilishi, tadbirkorlik subyektlariga yaratilgan imtiyozlar, shuningdek, O'zbekistonning xorijda faol targ'iboti sohaning jadal rivojlanishiga xizmat qilayotgani urg'ulangan materiallarda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish