Qozog'iston OAV: O'zbekiston va Italiya munosabatlari tarixiy muhim bosqichni boshdan kechirmoqda
May 28, 2025. 17:59 • 2 daq
• 64
OSTONA, 28-may. /"Dunyo" AA/. Qozog'istonning "Infozakon" elektron nashrida "O'zbekiston-Italiya: barqaror rivojlanishga qaratilgan uzoq muddatli strategik hamkorlik" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Nashrda Italiya Bosh vaziri Jorja Meloni 28-29-may kunlari rasmiy tashrif bilan O'zbekistonda bo'lishi ma'lum qilingan.
"Ushbu tashrif 1992-yil mart oyida boshlangan O'zbekiston-Italiya munosabatlarining zamonaviy tarixida muhim bosqich bo'ladi, – deyilgan maqolada. – Ikki davlat o'rtasida diplomatik munosabatlar o'rnatilishi bilanoq Toshkentda Italiya elchixonasi, 1998-yilda esa Rimda O'zbekiston vakolatxonasi ochildi".
Ta'kidlanishicha, 2021-va 2023-yillardan buyon Florensiya va Milanda O'zbekistonning faxriy konsulligi institutlari faoliyat ko'rsatmoqda. Bu institutlar esa xalq va iqtisodiy diplomatiyani mustahkamlash hamda kengaytirishga xizmat qilmoqda.
"Ikki davlat o'rtasidagi hamkorlik so'nggi yillarda yangi bosqichga ko'tarildi. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2023-yil 8-9-iyun kunlari rasmiy tashrif bilan Italiyada bo'ldi. Tashrif yakunlari bo'yicha ikki davlat o'rtasida strategik sheriklik munosabatlarini o'rnatish to'g'risida Qo'shma deklaratsiya qabul qilindi. O'sha yilning 9-11 noyabr kunlari Italiya Prezidenti Serjo Mattarella rasmiy tashrif bilan O'zbekistonga keldi", – deya urg'ulangan materialda.
Qozog'iston OAV, shuningdek, O'zbekiston va Italiya o'rtasidagi siyosiy muloqot faol qo'llab-quvvatlanayotgani va yuqori darajada davom etayotgani qayd etadi. 2019-yilning dekabr va 2021-yil sentyabr oylarida O'zbekiston va Italiya tashqi ishlar vazirlari o'zaro tashrif almashishdi. 2024-yil may oyida esa Rimda bo'lib o'tgan "Italiya – Markaziy Osiyo" uchinchi vazirlar konferensiyasi doirasida uchrashuvlar o'tkazildi. Ta'kidlash joizki, Rim 2019-yilda vazirlar darajasida ushbu muloqotni o'rnatishni boshlagan birinchi Yevropa davlati edi.
Bundan tashqari, ikki davlat tashqi siyosat idoralari o'rtasida siyosiy maslahatlashuvlar muntazam ravishda o'tkazib kelinmoqda.
"Infozakon" elektron nashrida joylashtirilgan maqolada yozilganidek, O'zbekiston-Italiya parlamentlararo hamkorligi ham izchil rivojlanyapti. Xususan, 2011-yildan buyon Italiya parlamenti Deputatlar palatasi va Senati bilan hamkorlik qilish bo'yicha O'zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatida do'stlik guruhlari faoliyat yuritmoqda. 2012-yilda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Italiya parlamenti Deputatlar palatasi o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. 2023-yil aprel oyida Italiya parlamentida "Italiya-Markaziy Osiyo" do'stlik guruhi tuzildi.
Ma'lum qilinganidek, Senatning Xalqaro ishlar bo'yicha qo'mitasi raisi, Italiya Parlamentlararo Assambleyasining faxriy prezidenti Pyer Ferdinando Kasini boshchiligidagi Italiya parlamenti delegatsiyasi shu yilning 5-9-aprel kunlari Toshkent shahrida bo'lib o'tgan Parlamentlararo ittifoqning 150-Assambleyasida faol ishtirok etdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston delegatsiyasi ayollar muloqoti forumida ishtirok etdi
"Europa Press": Ispaniya va O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida memorandum imzoladi
O'zbek milliy qadriyatlari "Charity Bazaar" xayriya festivalida e'tirof etildi