Logo

"Al Harir" gazetasi: O'zbekiston Fransiyadan 14 ta yangi zamonaviy "Airbus" samolyotini xarid qiladi

Aprel 21, 2025. 12:55 • 54 soniya

85
"Al Harir" gazetasi: O'zbekiston Fransiyadan 14 ta yangi zamonaviy "Airbus" samolyotini xarid qiladi

AR-RIYOZ, 21-aprel. /"Dunyo" AA/. Saudiya Arabistonining "Al Harir" gazetasida "Sayyohlarni jalb qilish uchun O'zbekiston aviaparki o'nlab zamonaviy samolyotlar bilan to'ldiriladi" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Ma'lum qilinishicha, O'zbekiston Prezidenti raisligida bo'lib o'tgan yig'ilishda mamlakatda sayyohlar oqimini ko'paytirish maqsadida havo flotini kengaytirish bo'yicha keng ko'lamli rejalar ko'rib chiqildi. Unda Fransiyaga tashrifda 14 ta yangi zamonaviy "Airbus" samolyotini xarid qilish, yana 5 tasini ijaraga olishga kelishilgani, "Boeing" kompaniyasi bilan 12 ta samolyot olib kelish bo'yicha muzokara boshlangani ta'kidlandi.

  "Mutasaddi vazirlik va idoralarga bu imkoniyatdan unumli foydalanib, qayerga nechta reys qo'yish va qancha sayyoh olib kelishni hozirdan hisob-kitob qilish topshirildi, deb yozilgan nashrda.

 Nashr shu yil yanvar oyida "Uzbekistan Airways" milliy aviakompaniyasi rahbari Shuhrat Xudoyqulov 2 milliard dollarga 14 ta uzoq masofaga uchadigan "Boeing 787-8 Dreamliner" samolyotini sotib olish rejasini ma'lum qilgani haqida yozgan.

"2022-yil noyabr oyida O'zbekiston umumiy qiymati qariyb 800 million yevroga 17 ta "Airbus" va ATR samolyotlarini sotib olish bo'yicha shartnomalar imzolagan", – deya ta'kidlangan maqolada.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish