Logo

"AlWakt News": O'zbekiston savdo rejimini liberallashtirish, tarifsiz to'siqlarni kamaytirish va bojxona tartiblarini soddalashtirish borasida sezilarli yutuqlarga erishdi

Iyul 10, 2025. 14:44 • 2 daq

25
"AlWakt News": O'zbekiston savdo rejimini liberallashtirish, tarifsiz to'siqlarni kamaytirish va bojxona tartiblarini soddalashtirish borasida sezilarli yutuqlarga erishdi

AL-KUVAYT, 10-iyul. /"Dunyo" AA/. Kuvaytning "AlWakt News" yangiliklar portalida "O'zbekiston sarmoya yo'nalishi sifatida" sarlavhali maqola arab tilida e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbi.

Maqolada O'zbekistonning strategik joylashuvi, so'nggi yillarda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, xalqaro sarmoyalar uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar, kapital bozorlaridagi faol ishtirok va demografik afzalliklar haqidagi ma'lumotlar o'quvchilar e'tiboriga taqdim qilingan.

"O'zbekistonning xalqaro iqtisodiy aloqalardagi roli, tashqi savdo ko'rsatkichlari va inson kapitali rivojiga qaratilgan siyosati yuksak bahoga loyiq, – deyilgan materialda. – Xususan, so'nggi yillarda O'zbekistonda yaratilgan qulay investitsiya muhit, soliq va bojxona imtiyozlari, infratuzilmani modernizatsiya qilish ishlari hamda yosh va malakali ishchi kuchining mavjudligi respublikani sarmoya kiritish uchun jozibali yo'nalishga aylantirmoqda".

Nashrda qayd etilishicha, O'zbekistonning iqtisodiy istiqboli so'nggi yillarda ijobiy bo'lib qolmoqda. Bu Milliy Taraqqiyot strategiyalarini amalga oshirishning davom etishi va tarkibiy o'zgarishlarga bo'lgan sadoqatning ortishi bilan qo'llab-quvvatlanadi. "2017–2021-yillarga mo'ljallangan O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning besh ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi iqtisodiyotni liberallashtirish va boshqaruv tizimini isloh qilish uchun mustahkam poydevor yaratgan bo'lsa, 2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi xususiy sektorni rivojlantirish, raqamlashtirish va infratuzilmani modernizatsiya qilishga xizmat qilmoqda", – deya qayd eilgan materialda.

Kuvayt OAV, shuningdek, "O'zbekiston-2030" strategiyasida belgilangan maqsadlar mazmun-mohiyati va ahamiyatiga e'tibor qaratgan.

Qayd etilganidek, mazkur strategiyada bozor iqtisodiyotiga o'tishni jadallashtirish orqali inklyuziv va barqaror o'sishning uzoq muddatli istiqbollari belgilab berilgan. Asosiy maqsadlarga iqtisodiyotdagi davlat rolini kamaytirish va xususiy kapitalning iqtisodiy rivojlanishdagi o'rnini oshirish kiradi.

Bundan tashqari, "AlWakt News" portalida joylashtirilgan maqolada "2017-yildan buyon O'zbekistonda savdo rejimini liberallashtirish, tarifsiz to'siqlarni kamaytirish va bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish borasida sezilarli yutuqlarga erishildi", – deb yozilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish