"Ammon News": Oʻzbekistonda mehnat migratsiyasi davlat siyosatida inson qadrini yuksaltirish gʻoyasi bilan uzviy bogʻlangan
Oktabr 26, 2025. 15:43 • 2 daq
• 46
AMMON, 26-oktabr. /"Dunyo" AA/. Iordaniyaning "Ammon News" elektron nashrida "Ta'lim va malaka orqali global imkoniyat: Oʻzbekistonning yangi mehnat migratsiyasi yoʻnalishi" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Nashrda ta'kidlanganidek, mehnat migratsiyasida yangi bosqich – bu malaka va kasbiy tayyorgarlikni xalqaro standartlarga moslashtirishdir. Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan oʻquv markazlarida fuqarolar xorijiy tillar, kasbiy sertifikatlar va mehnat huquqlari boʻyicha tayyorgarlikdan oʻtmoqda.
Oʻzbekistonda Germaniyaning "SBH WeST GmbH", Yaponiyaning "Proud Partners" va Koreyaning "Hyundai Heavy Industries" kompaniyalari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan dasturlar fuqarolarga xalqaro sertifikatlar olish va rivojlangan davlatlarda qonuniy ish faoliyatini boshlash imkonini bermoqda.
"Bunday modellar Finlyandiyaning ta'lim tizimiga yaqin: bu mamlakatda kasbiy malaka va uzluksiz ta'lim inson kapitalini rivojlantirish siyosatining asosini tashkil etadi. Oʻzbekiston ham shunday tajribalarni oʻrganish va qoʻllash orqali ishchi kuchini xalqaro standartlar asosida tayyorlashni maqsad qilgan. Oʻzbekiston bugungi kunda Germaniya, Yaponiya, Italiya, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Polsha va Shvetsiya kabi davlatlar bilan amaliy hamkorlikni yoʻlga qoʻygan. Bu kelishuvlar doirasida malakali mutaxassislar, talabalar va kasbiy ta'lim oluvchi yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratilmoqda", – deyilgan maqolada.
Finlyandiya bilan hamkorlik esa, xususan, ta'lim va kasbiy malaka sohalarida katta istiqbolga ega. Bu mamlakatning uzluksiz ta'lim, innovatsiya va ishchi kuchini raqamli iqtisodiyotga tayyorlashdagi tajribasi Oʻzbekiston uchun ham juda qimmatli.
Maqola xulosasida yozilganidek, "Oʻzbekistonda mehnat migratsiyasi davlat siyosatida inson qadrini yuksaltirish gʻoyasi bilan uzviy bogʻlangan. Bu faqat iqtisodiy omil emas, balki har bir fuqaroning munosib mehnat, barqaror daromad va shaxsiy rivoj yoʻliga ega boʻlishini ta'minlovchi tizimdir".
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston delegatsiyasi ayollar muloqoti forumida ishtirok etdi
"Europa Press": Ispaniya va O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida memorandum imzoladi
O'zbek milliy qadriyatlari "Charity Bazaar" xayriya festivalida e'tirof etildi