Logo

 "Ammon News": Toshkentda "MINEX Central Asia 2025" forumi tashkil etiladi

Iyun 01, 2025. 13:29 • 32 soniya

79
 "Ammon News": Toshkentda "MINEX Central Asia 2025" forumi tashkil etiladi

AMMON, 1-iyun. /"Dunyo" AA/. Iordaniyaning "Ammon News" elektron nashrida 24-26-iyun kunlari Toshkentda "MINEX Central Asia 2025" forumi bo'lib o'tishi haqida ma'lum qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Ushbu forum kritik minerallar bo'yicha global kelajak masalalariga bag'ishlangan bo'lib, tog'-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda O'zbekiston texnologik metallar kombinati mezbonligida tashkil etilmoqda", – deya urg'ulangan materialda.

Shuningdek, nashrda forum doirasida ilk bor Markaziy Osiyo mintaqasida geologiya va konchilik sohasida yangilik yaratayotgan, fidoyilik va yetakchilikni namoyon etayotgan mutaxassislarni taqdirlash bo'yicha "Central Asian Mining & Geological Exploration Award" mukofotini topshirish marosimi o'tkazilishi ma'lum qilingan. 

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish