"Asdaa Oman" gazetasi: O'zbekiston misolida Markaziy Osiyoning izchil rivojlanayotganini ko'rish mumkin
Oktabr 20, 2025. 19:23 • 53 soniya
• 41
MASKAT, 20-oktabr. /"Dunyo" AA/. O'monning ommabop "Asdaa Oman" gazetasida "Markaziy Osiyo: jadal rivojlanayotgan mintaqa va yangi ufqlar" sarlavhali maqola chop etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Nashrda mintaqa davlatlarining infratuzilma, sanoat, energetika va texnologiyalar bo'yicha manfaatlari uyg'unligi, Kaspiydan Tyan-Shan tog'larigacha bo'lgan yo'laklar esa bo'lajak Yevroosiyo sanoat xaritasining asosiga aylanayotgani qayd etilgan.
Ta'kidlanishicha, mintaqaning asosiy mamlakatlaridan biri – O'zbekiston misolida Markaziy Osiyoning izchil rivojlanayotganini ko'rish mumkin. Savdo va investitsiyalar kengaymoqda, kelishilgan standartlar va logistika innovatsiyalari joriy etilmoqda. "Ochiq eshiklar" siyosati barcha qo'shnilar bilan mustahkam shartnoma-huquqiy bazaga tayanadi.
O'mon bosma nashri yozganidek, Qozog'iston bilan erkin savdo va investitsiyalarni rivojlantirish, Tojikiston bilan Abadiy do'stlik deklaratsiyasi (2022), Turkmaniston bilan transport va temir yo'l shartnomalari, Qirg'iziston bilan 2030-yilgacha bo'lgan strategik dastur bozorlarga shaffoflik imkoniyatini taqdim etdi, o'zaro savdo ko'rsatkichlari o'sishini va investorlarning O'zbekistonga bo'lgan ishonchini mustahkamladi.
Maqola oxirida yozilishicha, "Markaziy Osiyo "geografiya"dan "iqtisodiyot"ga o'tmoqda integratsiyalashgan qoidalar, transport yo'laklari, investitsiyalar o'sishi va hududlararo hamkorlik formatlari mintaqani yangi kuch markaziga aylantirmoqda".
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston delegatsiyasi ayollar muloqoti forumida ishtirok etdi
"Europa Press": Ispaniya va O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida memorandum imzoladi
O'zbek milliy qadriyatlari "Charity Bazaar" xayriya festivalida e'tirof etildi