"Asdaa Oman" gazetasi: BMT Bosh kotibi O'zbekiston Prezidentining Tashkilot Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasidagi nutqiga yuksak baho berdi
Sentabr 26, 2025. 18:23 • 2 daq
• 63
MASKAT, 26 sentyabr. /"Dunyo" AA/. O'monning "Asdaa Oman" gazetasida "O'zbekiston va BMT keng qamrovli hamkorlikni kengaytirmoqda" sarlavhali maqola chop etilgan, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Maqolada O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-sentyabr kuni Nyu-York shahrida BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasi doirasida tashkilot Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashuv o'tkazgani ma'lum qilingan.
Ta'kidlangandek, O'zbekiston Prezidenti va BMT Bosh kotibi uchrashuv davomida Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish doirasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.
"O'zbekiston va BMT sherikligida misli ko'rilmagan yuksak darajaga erishilgani mamnuniyat bilan qayd etildi. 160 dan ortiq dastur va loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Oktyabr oyida besh yilga mo'ljallangan yangi Hamkorlik dasturi imzolanishi kutilmoqda", – deyilgan maqolada.
Nashrda ma'lum qilinganidek, keyingi yillarda O'zbekiston tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasining 13 ta rezolyutsiyasi qabul qilindi. O'zbekiston EKOSOS Inson huquqlari bo'yicha qo'mita, Statistika komissiyasi kabi nufuzli tuzilmalarga a'zo etib saylandi.
"Antoniu Guterrish O'zbekiston Prezidentining Bosh Assambleyaning yubiley sessiyasidagi nutqiga yuksak baho berib, uning Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish, Yangi Markaziy Osiyoni shakllantirish, raqamli texnologiyalar va sun'iy intellekt, yoshlar, ma'rifatparvar islom dini va boshqa sohalarda global hamkorlikni ilgari surish borasidagi tashabbuslari muhimligini alohida ta'kidladi", – deya urg'ulangan manbada.
"Asdaa Oman" gazetasida bosilgan maqola "Uchrashuv yakunida ustuvor yo'nalishlarda keng ko'lamli sheriklikni rivojlantirish, hamkorlikning yangi dastur va loyihalarini ishlab chiqishga kelishib olindi", – degan so'zlar bilan yakunlangan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston delegatsiyasi ayollar muloqoti forumida ishtirok etdi
"Europa Press": Ispaniya va O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida memorandum imzoladi
O'zbek milliy qadriyatlari "Charity Bazaar" xayriya festivalida e'tirof etildi