"Business Central Asia" jurnali: O'zbekistonda yangi investitsiya platformasi ishga tushirildi
Sentabr 29, 2025. 11:54 • 2 daq
• 85
DEHLI, 29-sentyabr. /"Dunyo" AA/. Hindistonning "Business Central Asia" jurnalida O'zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan yaratilgan yangi investitsiya platformasi haqida maqola e'lon qilindi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Nashrda Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan ochiq muloqot chog'ida turli loyihalarga soddalashgan tartibda mablag' jalb qilish imkonini beradigan investitsiya platformasining ishga tushirilishini ma'lum qilgani ta'kidlangan.
Maqola muallifi endi har qanday kompaniya o'z loyihasini investitsiya platformasida joylashtirishi, potensial investorlar esa o'zlari qiziqqan sohani tanlab, mablag' kiritishi mumkinligini qayd etgan.
Jurnal, shuningdek, o'quvchilar e'tiborini mamlakatimizning jadal rivojlanayotgan startaplar ekotizimiga qaratgan.
Bugungi kunda O'zbekistonda 600 dan ortiq startap faoliyat yuritmoqda. Joriy yilning dastlabki yetti oyida ular 264 million dollar miqdorida xorijiy investitsiyalar jalb etgan. "Bu ko'rsatkich 2024-yilning shu davriga nisbatan to'rt barobar ko'pdir. Mamlakat Prezidenti yoshlarning 1000 ta startap g'oyasini tijoratlashtirish, shundan 200 tasini xalqaro bozorga olib chiqish rejalashtirilganini qayd etdi", – deb yozgan hind jurnalisti.
Qayd etilishcha, O'zbekistonda 100 ta mahalliy startapni jahon miqyosidagi kompaniyalarga aylantirish rejalashtirilmoqda. "Raqamli moliyaviy xizmatlarni kengaytirish maqsadida banklar, moliya kompaniyalari va startaplarni birlashtiruvchi yangi "ochiq banking" ekotizimi joriy etiladi", – deb xabar bergan "Business Central Asia".
Jurnalning mazkur sonida, shuningdek, O'zbekiston hayotining ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va boshqa jihatlariga bag'ishlangan maqolalarni bosilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston delegatsiyasi ayollar muloqoti forumida ishtirok etdi
"Europa Press": Ispaniya va O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida memorandum imzoladi
O'zbek milliy qadriyatlari "Charity Bazaar" xayriya festivalida e'tirof etildi