"El Mundo Financiero": Markaziy Osiyo – bu tayyor loyihalar va o'sib borayotgan bozorlar sinergiyasi
Oktabr 23, 2025. 07:12 • 54 soniya
• 40
MADRID, 23 oktabr. /"Dunyo" AA/. Ispaniyaning "El Mundo Financiero" nashrida "Markaziy Osiyo yangi ufuqlar va jadal rivojlanish mintaqasi" sarlavhali maqola e’lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Markaziy Osiyo – Yevroosiyoning eng dinamik nuqtalaridan biri bo'lib, mintaqada davlatlararo aloqalar izchil sur’atlarda rivojlanib bormoqda. Sanoat zanjirlari shakllanmoqda, logistika o'zaro bog'liqligi kuchaymoqda va uzoq muddatli hamkorlik uchun zamonaviy normativ baza yaratilmoqda", – deya urg'ulangan.
Savdo va investitsiyalar kengaymoqda, kelishilgan standartlar va logistika innovatsiyalari joriy etilmoqda. "Ochiq eshiklar" siyosati barcha qo'shnilar bilan mustahkam shartnoma-huquqiy bazaga tayanadi. Bu esa bozorlarda shaffoflik muhitini yaratib, savdo o'sishini va investorlar ishonchini kuchaytiryapti.
"El Mundo Financiero" nashrining yozishicha, Markaziy Osiyo – bu tayyor loyihalar va o'sib borayotgan bozorlar sinergiyasidir. Bu yerda energetika, sanoat, transport, sertifikatlash, raqamli logistika va boshqa ko'plab sohalarda ilg'or malakali kadrlarga talab yuqori.
Ispan elektron nashri ta’kidiga ko'ra, "Markaziy Osiyo "geografiya"dan "iqtisodiyot"ga o'tmoqda. Integratsiyalashgan qoidalar, transport koridorlari, investitsiyalar o'sishi va mintaqalararo hamkorlik formatlari Markaziy Osiyoni yangi kuch markaziga aylantirmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston delegatsiyasi ayollar muloqoti forumida ishtirok etdi
"Europa Press": Ispaniya va O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida memorandum imzoladi
O'zbek milliy qadriyatlari "Charity Bazaar" xayriya festivalida e'tirof etildi