"Forbes Japan" jurnali: O'zbekiston – Markaziy Osiyoning eng mehmondo'st mamlakati
Oktabr 13, 2025. 11:47 • 54 soniya
• 56
TOKIO, 13-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Yaponiyaning nufuzli biznes va madaniyat nashri – "Forbes Japan" jurnalida O'zbekistonning zamonaviy qiyofasi, turizm salohiyati va vinochilik sanoati haqida maqola chop etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muallif taniqli jurnalist va yozuvchi Mizukami Aya o'z maqolasida O'zbekistonning xavfsizligi, zamonaviy infratuzilmasi, madaniyati va mehmondo'stlik madaniyatini qalamga olgan.
Ta'kidlanishicha, O'zbekiston dunyo sayyohlari uchun xavfsiz va ochiq mamlakat sifatida e'tirof etilmoqda. Qulay transport tizimi, tezyurar poyezdlar va raqamli xizmatlar sayohatni yengillashtirgani, aholining bag'rikengligi esa turistlarda iliq taassurot qoldirishi qayd etilgan.
Ayniqsa, muallif o'zbek vinochilik an'analari va sohani qo'llab-quvvatlash siyosatini Yaponiya auditoriyasi, vinoni sevuvchilar uchun qiziq va ilhomlantiruvchi misol sifatida keltiradi. Samarqanddagi Xovrenko vino zavodi hamda "Uzumfermer", "MARO Wines" kabi zamonaviy brendlar misolida mamlakatdagi an'ana va innovatsiya uyg'unligi haqida so'z yuritilgan.
Maqola yakunida "O'zbek xalqining mehmondo'stligi Yaponiyaning "omotenashi" (yaponcha mehmondo'stlik) an'analariga juda o'xshash. O'zbekiston esa Markaziy Osiyoning eng mehmondo'st mamlakati", – deb yozgan muallif.
"Forbes Japan" jurnali Yaponiyaning biznes, investitsiya va madaniyat sohalarini yoritishga ixtisoslashgan ommabop nashrlaridan biri hisoblanadi. Jurnal 3 milliondan ortiq doimiy o'quvchiga ega.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston delegatsiyasi ayollar muloqoti forumida ishtirok etdi
"Europa Press": Ispaniya va O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida memorandum imzoladi
O'zbek milliy qadriyatlari "Charity Bazaar" xayriya festivalida e'tirof etildi