"Hadeel magazine": O'zbekiston – ilm-fan va me'morchilik, ma'naviyat va tafakkur uyg'unligi timsoli
Oktabr 08, 2025. 09:15 • 2 daq
• 44
DOHA, 8-oktyabr. /"Dunyo" AA/. "Hadeel magazine" nashrida Qatar davlat vaziri, Qatar milliy kutubxonasi raisi doktor Hamad Al-Kuvariyning "Buxoro va Samarqand yo'llarida: sivilizatsiya markaziga sayohat" sarlavhasi maqola chop etildi, deb xabar qilyapti "Dunyo" AA muxbiri.

Muallif o'z maqolasida Movarounnahr tarixi, buyuk allomalarimiz va ularning boy merosi va Dohada O'zbekiston mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan o'tkazilgan rasmiy qabul tafsilotlari haqida so'z yuritilgan.
"Movarounnahr diyori – Islom sivilizatsiyasi taraqqiyotida beqiyos ahamiyat kasb etgan zamin hisoblanadi. Bu yurtdan Islom ma'naviy merosi va ilm-faniga ulkan hissa qo'shgan buyuk allomalar yetishib chiqqan. Buxoro – "Al-jome' As-sahih" asari muallifi Imom al-Buxoriyning vatani, Samarqand – Ulug'bek rasadxonasi bino qilingan va astronomiya ilmi markazi bo'lgan azim shahar, Termiz – "Ash-shamoil Al-muhammadiya" asari muallifi Imom at-Termiziy yurti, Xorazm – algebra ilmining asoschisi al-Xorazmiy hamda astronomiya va matematikaning buyuk olimi al-Beruniy yetishib chiqqan zamin sifatida jahon ilm-faniga ulkan hissa qo'shgan", – deb yozgan u.
Maqolada ta'kidlanganidek, sobiq ittifoq davrida mazkur diyor sivilizatsion qadriyati va ahamiyatini yo'qotish va islomiy hamda jahon merosidan ajratish siyosatiga duch keldi.
"Dohada O'zbekiston Mustaqillik kuniga bag'ishlangan tantanali bayram tadbiri bo'lib o'tdi. Men O'zbekiston elchixonasi taklifiga binoan qabul marosimida ishtirok etish sharafiga muyassar bo'ldim. Tadbir davomida ushbu mamlakat elchisi bilan suhbatlashish sharafiga muyassar bo'ldim. Elchi meni O'zbekistonga safar qilishga undadi. O'zbekistonning shonli tarixi va qadimiy shaharlari haqidagi bilimlarim meni ushbu yurtga safar qilishga undamoqda", – deya qayd etgan Hamad Al-Kuvariy.
Toshkentga to'g'ridan-to'g'ri parvoz bor-yo'g'i uch yarim soat ekanligini inobatga olsak, xotiramizda uzoqdek tuyulgan, lekin biz uchun qadrdon mazkur diyorlar aslida geografik jihatdan bizga yaqin ekan, deya ma'lum qilgan muallif.
"Men O'zbekistonga safarimni intizorlik bilan kutayapman. Bu safar shunchaki bir yo'l emas, balki Islom sivilizatsiyasi tarixiga oid sahifalarni qayta varaqlashdir. O'zbekiston – ilm-fan va me'morchilik, ma'naviyat va tafakkur, Sharq va G'arbning Ipak yo'lidagi uyg'unligi timsolidir, – deb yozgan o'z xulosasida.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston delegatsiyasi ayollar muloqoti forumida ishtirok etdi
"Europa Press": Ispaniya va O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida memorandum imzoladi
O'zbek milliy qadriyatlari "Charity Bazaar" xayriya festivalida e'tirof etildi