"Hadramawt" AA: Samarqandda triatlon va paratriatlon bo'yicha Jahon kubogi bo'lib o'tadi
Mart 26, 2025. 15:38 • 59 soniya
• 72
SANA, 26-mart. /"Dunyo" AA/. Yamanning Saudiya Arabistonining "Hadramawt" axborot agentligi shu yilning 24-25-may kunlari qadimiy Samarqand shahrida bo'lib o'tadigan triatlon va paratriatlon bo'yicha Jahon kubogi haqidagi maqolani tarqatdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Musobaqa tashkiliy qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, Samarqand 20 dan ortiq davlatdan kelgan ishtirokchilarni qabul qiladi va poyga davomida sportchilar sovrinli o'rinlar uchun kurash olib boradi. Musobaqa g'oliblari keyingi Olimpiya o'yinlariga yo'llanma olish uchun reyting ochkolarini qo'lga kiritishda katta ustunlikka ega bo'ladilar"- deyilgan nashrda.
Qayd etilganidek, Jahon kubogi doirasida triatlon bo'yicha O'zbekiston ochiq chempionati ham bo'lib o'tadi va unda professional va havaskor sportchilar ishtirok etadi. "Standard" masofada "AGE group" toifasidagi sportchilar ham qatnashadilar.
Ma'lum qilinishicha, musobaqalar mintaqadagi eng yirik dam olish maskani – "Silk Road Samarkand" zamonaviy sayyohlik majmuasi hududida bo'lib o'tadi. Majmua 8 ta zamonaviy mehmonxonani o'z ichiga oladi va tanlov ishtirokchilari uchun eksklyuziv shart-sharoitlar, jumladan, turar joy uchun maxsus chegirmalar taqdim etadi.
"2024-yilda Samarqandda "World Triathlon Cup" debyuti bo'lib o'tdi va shu zahotiyoq Butunjahon triatlon xalqaro federatsiyasining eng yuqori baholarini oldi, shuningdek, ishtirokchilar va tomoshabinlar e'tirofiga sazovor bo'ldi", – deyiladi maqolada.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston delegatsiyasi ayollar muloqoti forumida ishtirok etdi
"Europa Press": Ispaniya va O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida memorandum imzoladi
O'zbek milliy qadriyatlari "Charity Bazaar" xayriya festivalida e'tirof etildi