"Kyiv Diplomatic" jurnali: "Qovun sayli" festivali O'zbekiston agroturizmini rivojlantirish platformasiga aylandi
Avgust 24, 2025. 12:27 • 2 daq
• 40
KIYEV, 24-avgust. /"Dunyo" AA/. Ukrainaning "Kyiv Diplomatic" jurnalida Xivada bo'lib o'tgan "Qovun sayli" festivaliga bag'ishlangan maqola e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda Xiva shahrida mamlakatning turli hududlari va xorijdan kelgan mehmonlarning asosiy sayyohlik maskanlaridan biriga aylangan, shuningdek, mahalliy va xalqaro ommaviy axborot vositalarining keng e'tiborini tortgan keng ko'lamli tadbir – "Qovun sayli" bo'lib o'tgani ma'lum qilingan.
Ta'kidlanganidek, tadbir noyob maskanlar – "Ichan-qal'a" tarixiy majmuasi va "Arda Xiva" zamonaviy sayyohlik markazida tashkil etildi.
"Agar 2024-yilda festivalga mahalliy aholi va xorijiy sayyohlar bilan birga 500 mingdan ortiq kishi tashrif buyurgan bo'lsa, 2025-yilda mehmonlarning umumiy soni 1 million kishidan oshdi. Bu hayratlanarli o'sish festivalning agroturizmni rivojlantirish va Xorazm viloyatining sayyohlik salohiyatini mustahkamlash platformasi sifatidagi ahamiyatini ko'rsatdi", – deyilgan maqolada.
Festival maydonida tashkil etilgan 19 ta stendda Xorazm viloyati tumanlari, ilg'or fermer xo'jaliklari va boshqa ishtirokchilarning mahsulotlari, xususan o'nlab turdagi poliz mahsulotlari hamda texnologiya va yutuqlari namoyish etildi. Mehmonlar turli qovun navlarini tatib ko'rish, ishlab chiqaruvchilar bilan muloqot qilish, Xorazmning dehqonchilik an'analari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo'ldilar.
"Festival yakunlariga ko'ra, uchinchi o'rinni 15 ta tashkilot, ikkinchi o'rinni Yangibozor tumani va "UzAuto Motors" aksiyadorlik jamiyati, birinchi o'rinni Xiva shahri, anjuman Gran-prisini esa Urganch shahri qo'lga kiritdi", – deb yozilgan maqolada.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston delegatsiyasi ayollar muloqoti forumida ishtirok etdi
"Europa Press": Ispaniya va O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida memorandum imzoladi
O'zbek milliy qadriyatlari "Charity Bazaar" xayriya festivalida e'tirof etildi