"London Post": Iqlim o'zgarishi va suv tanqisligi sharoitida O'zbekistonda noyob "Suvchilar maktabi" loyihasi jadal rivojlanmoqda
Oktabr 04, 2025. 10:25 • 2 daq
• 47
LONDON, 8-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Britaniyaning "London Post" axborot portalida "O'zbekiston suvni tejash madaniyatini qanday rivojlantirmoqda?" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda qayd etilishicha, 2030-yilga qadar "Suvchilar maktabi"da qishloq xo'jaligi sektori uchun 60 mingdan ortiq mutaxassis tayyorlanishi rejalashtirilgan.
"Iqlim o'zgarishi va suv tanqisligi sharoitida O'zbekistonda noyob "Suvchilar maktabi" loyihasi jadal rivojlanmoqda. Uning maqsadi – fermerlarni suvdan samarali foydalanishga, zamonaviy suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishga va hosildorlikni oshirishga o'rgatishdan iborat", – deb yozgan muallif.
Nashrda ta'kidlanishicha, mazkur g'oya O'zbekiston Prezidenti tomonidan 2023-yil 18-aprelda o'tkazilgan videokonferensiyadan so'ng paydo bo'ldi. Ko'p o'tmay, o'sha yilning 29-mayida "Agrobank" ko'magida "Suvchilar maktabi" dasturining birinchi bosqichi ishga tushirildi. Asosiy vazifa – "bepul suv" haqidagi o'rnatilgan tasavvurni o'zgartirish va qishloq xo'jaligida oqilona suvdan foydalanish madaniyatini shakllantirishdir. Buning uchun mahalliy va xorijiy mutaxassislar jalb qilinmoqda, Turkiya, Xitoy va Ispaniya tajribasi o'rganilmoqda.
"Bir yil ichida qariyb 13 ming fermer o'quv kurslarida qatnashdi, 4 mingga yaqin xo'jalik esa suv tejovchi texnologiyalarni joriy qildi. Loyihaga jami 234 nafar o'qituvchi va mutaxassis, shu jumladan, Turkiya, Xitoy va Ispaniyadan kelgan mutaxassislar qo'shildi", – deb qayd etilgan materialda.
Muallif o'z xulosasida, "Loyiha allaqachon o'z samaradorligini isbotladi. Minglab fermerlar suv tejovchi texnologiyalarni joriy etmoqda, hosildorlik o'sib bormoqda. Ammo eng muhimi – yangi madaniyat shakllanmoqda. Suv qimmatbaho resurs ekanligi va har bir litr suvning qadri borligini tushunish paydo bo'lmoqda", – deb yozgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston delegatsiyasi ayollar muloqoti forumida ishtirok etdi
"Europa Press": Ispaniya va O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida memorandum imzoladi
O'zbek milliy qadriyatlari "Charity Bazaar" xayriya festivalida e'tirof etildi