"NHK Educational" telekanalining "Buzz English" bolalar dasturida O'zbekiston haqida maxsus ko'rsatuv efirga uzatildi
Oktabr 03, 2025. 15:37 • 33 soniya
• 74
TOKIO, 3-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Yaponiyaning "NHK Educational" telekanalining "Buzz English" bolalar dasturi orqali O'zbekiston haqida maxsus ko'rsatuv efirga uzatildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Ko'rsatuvda tomoshabinlarga qadimiy Qo'qon shahri tarixi, qadimiy yodgorliklari va boy madaniy merosi haqida ma'lumot berildi. Shuningdek, o'zbek milliy oshxonasi, xususan palov va Samarqand nonini pirish jarayoni ko'rsatildi hamda ularning madaniy ahamiyati to'g'risi ta'kidlangan.
Efir so'nggida esa Tokioda tayyorlangan yangi issiq o'zbek noni studiyaga olib chiqildi va teleboshlovchilar o'zbek noni haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Mazkur dastur yaponiyalik bolalarda O'zbekiston haqida qiziqish uyg'otib, xalqimiz madaniyati va qadriyatlarini chuqurroq anglashga xizmat qildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston delegatsiyasi ayollar muloqoti forumida ishtirok etdi
"Europa Press": Ispaniya va O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida memorandum imzoladi
O'zbek milliy qadriyatlari "Charity Bazaar" xayriya festivalida e'tirof etildi