"Orta Lectura": O'zbekiston alohida strategik mavqega ega mamlakat va Markaziy Osiyoda yetakchi davlatga aylanish uchun ulkan imkoniyatga ega
Oktabr 18, 2025. 11:56 • 2 daq
• 50
MADRID, 18-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Ispaniyaning "Orta Lectura" yangiliklar portalida O'zbekistonning iqtisodiy salohiyati va Markaziy Osiyodagi o'rniga bag'ishlangan maqola e'lon qilindi, deb xabar beryapti "Dunyo" AA muxbiri.

Maqolada qayd etilishicha, O'zbekiston alohida strategik mavqega ega mamlakat va Markaziy Osiyoda yetakchi davlatga aylanish uchun ulkan imkoniyatlarga ega. Ta'kidlanishicha, 30 milliondan ortiq aholiga ega mamlakat kuchli demografik bazaga va mintaqaviy qarorlar qabul qilishda muhim ta'sir ega.
"O'zbekistonda so'nggi yillarda iqtisodiyotni liberallashtirish va jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvga yo'naltirilgan keng ko'lamli islohotlar amalga oshirildi. Bu o'zgarishlar mamlakatni xorijiy investitsiyalar uchun ochdi, ishbilarmonlik muhitini yaxshiladi, iqtisodiy jadal o'sish uchun barqaror sharoitlar yaratdi", deyilgan nashrda.
Maqolada O'zbekistonning bebaho madaniy merosi, jumladan, nafaqat dunyo sayyohlarini o'ziga jalb etayotgan, balki mamlakatning xalqaro nufuzini yuksaltirayotgan qadimiy Samarqand va Buxoro shaharlariga alohida e'tibor qaratilgan. Ularning tarixiy va ma'naviy ahamiyati madaniyatlararo muloqotni kuchaytirib, O'zbekistonning Sharq va G'arb, o'tmish va kelajak o'rtasidagi ko'prik rolini ta'kidlaydi.
Nashr xulosasida ta'kidlanishicha, O'zbekistonning geografik joylashuvi, boy tabiiy resurslari, siyosiy barqarorligi va strategik qarashlarini, Markaziy Osiyoda yetakchilik roliga da'vogarlik qilish imkonini beradi. Mustahkam iqtisodiy poydevor, yosh va mehnatga layoqatli aholi, faol tashqi siyosatga ega bo'lgan O'zbekiston mintaqaning asosiy mamlakati maqomini mustahkamlash yo'lida ishonch bilan odimlamoqda"
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston delegatsiyasi ayollar muloqoti forumida ishtirok etdi
"Europa Press": Ispaniya va O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida memorandum imzoladi
O'zbek milliy qadriyatlari "Charity Bazaar" xayriya festivalida e'tirof etildi