Logo

"Rzeczpospolita" gazetasi: 14 oktabr kuni Krakovda "O'zbekistonda biznes qiling" mavzusida konferensiya bo'lib o'tadi

Oktabr 12, 2025. 11:08 • 2 daq

58
"Rzeczpospolita" gazetasi: 14 oktabr kuni Krakovda "O'zbekistonda biznes qiling" mavzusida konferensiya bo'lib o'tadi

VARSHAVA, 12 oktabr. /"Dunyo" AA/. Polshaning nufuzli "Rzeczpospolita" gazetasi saytida "Nega O'zbekistonda biznes qilish va investitsiya kiritish kerak?" sarlavhali intervyu e’lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Maqola Polsha "Bank Gospodarstwa Krajowego" bankining xalqaro aloqalar departamenti boshqaruvchi direktori Pyotr Yablonskiy bilan suhbat asosida tayyorlangan. Pyotr Yablonskiy Markaziy Osiyodagi eng zich joylashgan, investitsiyalar va yangi texnologiyalar uchun ochiq bo'lgan O'zbekistonning iqtisodiy rivojlanish salohiyati katta deb hisoblashini ta’kidlagan. U Polsha ishbilarmon doiralari vakillarini shu 14 oktyabr kuni Krakovda bo'lib o'tadigan "Doing Business in Uzbekistan" mavzusidagi konferensiyasida ishtirok etishga chaqirgan.

 Nashr muxbirining nima uchun O'zbekiston konferensiyaga asosiy mavzu sifatida tanlandi, degan savoliga Pyotr Yablonskiy quyidagicha javob bergan: "Markaziy Osiyo, ayniqsa O'zbekiston, strategik mavqega ega – bu o'ziga xos "Osiyoga darvoza". Albatta, bu yerda Xitoy, Rossiya va Turkiyaning ta’siri sezilarli, lekin Yevropa Ittifoqi ham o'z mavjudligini mustahkamlamoqda va mintaqa bilan aloqalarni rivojlantirishga intilmoqda. 2025 yil aprel oyida Samarqandda "YEI – Markaziy Osiyo" sammiti bo'lib o'tgan edi. Yevropa va O'zbekiston o'rtasidagi biznes imkoniyatlari o'smoqda, va biz, Yevropaning bir qismi sifatida, bu jarayonda o'z o'rnimizni egallashimiz kerak". 

 Maqola so'ngida esa, joriy yil 14 oktyabr bo'ladigan konferensiyaga barcha o'zbek bozoriga qiziqqan Kichik Polsha voyevodaligi tadbirkorlari uchun foydali bo'lishi alohida qayd etilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish