"Sahm News": O'zbekiston 2028-yilda Xalqaro astronavtika kongressiga mezbonlik qiladi
Oktabr 15, 2025. 15:40 • 2 daq
• 37
AR-RIYOZ, 15-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Saudiya Arabistonining nufuzli "Saham News" nashrida "O'zbekiston 2028-yilda Xalqaro astronavtika kongressiga mezbonlik qiladi" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Samarqand 2028-yilgi Xalqaro astronavtika kongressiga mezbonlik qiladi. Mazkur forum Markaziy Osiyoda birinchi marta o'tkazilmoqda. Ushbu qaror Sidneyda bo'lib o'tgan "IAS-2025" yig'ilishida qabul qilindi. Unda O'zbekiston Hindiston va Bahrayn kabi davlatlarni ortda qoldirdi", – deb yozgan muallif.
Maqolada qayd etilishicha, Samarqandning tanlanishi alohida ramziy ma'noga ega. Salkam yetti asr oldin Mirzo Ulug'bek tashabbusi bilan bu yerda dunyodagi eng yirik rasadxonalardan biri qurilgan va u shaharni ilm-fan va bilim markaziga aylantirdi.
"Endilikda esa koinot sohasidagi eng yirik global tadbir Samarqandga yana ilmiy poytaxt maqomini qaytarmoqda. Mutaxassislar bu qarorni Prezident Shavkat Mirziyoyevning ilm-fan va ta'limni rivojlantirish borasidagi sa'y-harakatlarining e'tirofi, shuningdek, mamlakatning o'sib borayotgan xalqaro nufuzining tasdig'i deb atashmoqda", – deya urg'ulangan materialda.
Saudiya OAV ma'lumotiga ko'ra, kongressda 10 mingdan ortiq mehmon ishtirok etishi kutilmoqda va uning doirasida yirik ko'rgazma tashkil etiladi.
"Tadbirni o'tkazish sezilarli iqtisodiy samara keltirishi kutilmoqda. Misol uchun, Avstraliya xuddi shunday forumni o'tkazishdan 27 million dollardan ortiq daromad olgan. Shu bilan birga, uning yosh avlodga ta'siri yana-da muhimroq bo'ladi – mutaxassislar o'zbekistonliklarning kosmik fan va innovatsiyalarga qiziqishi keskin oshishini ta'kidlamoqda", – deb yozilgan maqolada.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston delegatsiyasi ayollar muloqoti forumida ishtirok etdi
"Europa Press": Ispaniya va O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida memorandum imzoladi
O'zbek milliy qadriyatlari "Charity Bazaar" xayriya festivalida e'tirof etildi