"Sahm News": Turizm – O'zbekistonning ochiq va jadal rivojlanayotgan davlat sifatidagi nufuzini mustahkamlashning strategik resursiga aynib bormoqda
Oktabr 14, 2025. 09:11 • 2 daq
• 21
AR-RIYOZ, 13-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Saudiya Arabistonining "Sahm News" elektron gazetasi saytida "O'zbekiston va YUNESKO o'rtasidagi hamkorlik turizm uchun yangi ufqlarni ochadi" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"O'zbekiston tobora yirik xalqaro turizm yo'nalishi sifatida o'zini namoyon qilmoqda, – deyiladi maqola muqaddimasida. – Uning boy madaniy merosi va noyob tabiiy landshaftlari uyg'unligi mamlakatni sayohatchilarga Buyuk ipak yo'lining haqiqiy xazinasi sifatida ochib beradi. Shuni inobatga olgan holda, YUNESKO bilan hamkorlik alohida ahamiyat kasb etadi: obidalar va hududlarni Jahon merosi ob'ekti sifatida e'tirof etish ularni jahon miqyosida targ'ib qilish, sayyohlarda qiziqish uyg'otish va O'zbekistonning jahon turizm industriyasidagi o'rnini mustahkamlash imkonini beradi".
Bugungi kunda mamlakatda joylashgan yettita obyekt YUNESKOning Butunjahon merosi ro'yxatiga kiritilgan, shu jumladan uchta transchegaraviy. Ularning har biri turistik marshrutlarni rivojlantirishda muhim rol o'ynaydi, xalqaro tashrif buyuruvchilar oqimining ko'payishiga hissa qo'shadi va biznes, mehmonxona sektori, xizmat ko'rsatish sohasi va transport infratuzilmasi uchun yangi imkoniyatlar ochadi.
"Ushbu obyektlarning har biri nafaqat sayyohlik yo'nalishlarining asosini tashkil etadi, balki O'zbekiston brendini xalqaro miqyosda tanitishning muhim vositasiga aylanadi. Jahon merosi ob'ektlarini targ'ib qilish xalqaro turoperatorlarda mamlakatimizga bo'lgan qiziqishni oshiradi, xorijiy tashriflar sonining ko'payishiga xizmat qiladi, yangi ish o'rinlari yaratib, iqtisodiyot rivojiga salmoqli hissa qo'shmoqda", – deya qayd etilgan.
Ta'kidlanganidek, Turizm nafaqat xizmat ko'rsatish sohasi, balki O'zbekistonning ochiq, zamonaviy va jadal rivojlanayotgan davlat sifatidagi nufuzini mustahkamlashning strategik resursiga aylanib bormoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston delegatsiyasi ayollar muloqoti forumida ishtirok etdi
"Europa Press": Ispaniya va O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida memorandum imzoladi
O'zbek milliy qadriyatlari "Charity Bazaar" xayriya festivalida e'tirof etildi