Logo

"Karavan Info" AA: Joriy yil 18-19-oktyabr kunlari Xiva shahrida "Gilamlar jilosi" xalqaro gilam ko'rgazmasi bo'lib o'tadi

Oktabr 08, 2025. 09:40 • 55 soniya

47
"Karavan Info" AA: Joriy yil 18-19-oktyabr kunlari Xiva shahrida "Gilamlar jilosi" xalqaro gilam ko'rgazmasi bo'lib o'tadi

MOSKVA, 8-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Rossiyaning nufuzli "Karavan Info" axborot agentligida "Xiva shahrida ilk bor "Gilamlar jilosi" xalqaro ko'rgazmasi bo'lib o'tadi" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Nashrda joriy yilning 18-19-oktyabr kunlari Xiva shahrida bo'lib o'tadigan "Gilamlar jilosi" xalqaro ko'rgazmasiga tayyorgarlik ko'rilayotgani va mazkur tadbir gilamdo'zlarning noyob mahoratini namoyish etish hamda madaniy tajriba almashish uchun o'ziga xos maydon vazifasini o'tashi haqida so'z yuritilgan.

Maqolada ta'kidlanishicha, ko'rgazmada O'zbekiston, Tojikiston, Qirg'iziston, Qozog'iston, Turkmaniston va Eronlik hunarmand ustalar ishtirok etadi. Ular avloddan avlodga o'tib kelayotgan naqshlar, ranglar va texnikalarning boyligini namoyish etib, milliy to'qimachilik maktablarining eng yorqin namunalarini taqdim etadilar.

"Ko'rgazmaning Xivada o'tkazilishi tasodif emas. YUNESKOning Umumjahon merosi ro'yxatiga kiritilgan shahar o'z-o'zidan tarix va an'analar ramzi bo'lib, bu yerda gilam to'qish qadim zamonlardan beri alohida o'rin egallab kelgan", – deya yozilgan materialda.

Maqola yakunida qayd etilishicha, "Gilamlar jilosi" ko'rgazmasi nafaqat badiiy mahoratni namoyish etish, balki madaniy almashinuvni mustahkamlash, shuningdek, xalq badiiy hunarmandchiligi sohasida mintaqaviy hamkorlikni rag'batlantirishga qaratilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish