Logo

"Kazinform" XAA:  Qozog'iston va O'zbekiston o'rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi salkam 1,4 milliard dollarga yetdi

May 26, 2025. 16:56 • 2 daq

72
"Kazinform" XAA:  Qozog'iston va O'zbekiston o'rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi salkam 1,4 milliard dollarga yetdi

OSTONA, 26-May. /"Dunyo" AA/. 2025 yilning yanvar-aprel oylari yakunlariga ko'ra, Qozog'iston O'zbekistonning asosiy savdo hamkorlari uchligidan joy oldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Kazinform" xalqaro axborot agentligining O'zbekiston Milliy statistika qo'mitasi ma'lumotlariga asoslanib yozishicha, shu yil yanvar-aprel oylarida mamlakat tashqi savdo aylanmasi o'tgan yilning shu davriga nisbatan 16,3 foizga o'sish bilan 24,6 milliard AQSh dollariga yetdi.

Qayd etilishicha, bugungi kunda O'zbekiston 183 ta mamlakat bilan savdo qiladi. O'zbekistonning asosiy savdo hamkorlari orasida Xitoy yetakchilik qilmoqda. Belgilangan davrda ikki davlat o'rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 4,1 milliard dollardan oshdi bu esa umumiy ko'rsatkichning 17 foizi demakdir.

Tovar aylanmasi bo'yicha Rossiya keyingi o'rinda – 15,1 foiz. Yanvar-aprel oylarida ushbu mamlakat bilan import va eksport hajmi 3,7 milliard dollardan ziyod bo'ldi.

Qozog'iston bu borada uchinchi mamlakat bo'lib turibdi. Yanvar-aprel oylarida Qozog'iston va O'zbekiston o'rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 1,4 milliard dollarga ya'ni 5 foizga yaqinlashdi. Bu ko'rsatgich o'tgan yilning shu davriga nisbatan 168 million dollarga yuqori. Xususan, yanvar-aprel oylari holatiga ko'ra O'zbekiston Qozog'istonga 405,7 million dollarlik mahsulot eksport qilgan va 986,8 million dollardan ortiq import qilingan.

Eslatib o'tamiz, 2024-yilda Qozog'iston va O'zbekiston o'rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 4,2 milliard dollardan oshgan. Shuningdek, Rasmiy Ostona va Toshkent o'zaro tovar ayirboshlash hajmini yiliga 10 milliard dollarga yetkazish niyati borligini bildirgan edi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish