"Kazinform" XAA: O'zbekistonda ilk bor yomg'irni sun'iy yog'dirish texnologiyasi sinab ko'rilmoqda
Aprel 27, 2025. 11:39 • 39 soniya
• 59
OSTONA, 27-aprel. /"Dunyo" AA/. Qozog'istonning "Kazinform" xalqaro axborot agentligi "O'zbekistonda yomg'ir sun'iy texnologiyadan foydalangan holda yog'diriladi" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda Navoiy viloyatining Konimex tumanida O'zbekistonda ilk marotaba yomg'ir yog'dirish texnologiyasi qo'llanilayotgani qayd etilgan.
Ma'lum qilinishicha, tuman hokimligi tashabbusi bilan bulut hosil bo'lishi va yog'ingarchilikni rag'batlantirish maqsadida atmosfera jarayonlariga ta'sir ko'rsatadigan maxsus texnikalar keltirilgan.
Bu texnologiya qurg'oqchil iqlimi bo'lgan qator mamlakatlarda qo'llanilsada, O'zbekiston uchun birinchi loyiha sanaladi.
"Ushbu innovatsion loyiha Qozog'istonning "International centre of climate change technologies" kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Yaylovlarda yomg'ir yog'dirish innovatsiyasini qo'llash orqali Konimexning cho'l hududlarida chorvachilikni rivojlantirish maqsad qilingan. Mazkur texnologiya tumanda qurg'oqchilikka qarshi kurashishda keng qo'llaniladi, – deyilgan maqolada.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston delegatsiyasi ayollar muloqoti forumida ishtirok etdi
"Europa Press": Ispaniya va O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida memorandum imzoladi
O'zbek milliy qadriyatlari "Charity Bazaar" xayriya festivalida e'tirof etildi