"Business India": Hindiston O'zbekiston bilan investitsiyalar hajmini oshirish va savdo-iqtisodiy hamkorlik aloqalarini faollashtirishni rejalashtirmoqda
Iyun 26, 2025. 18:50 • 2 daq
• 87
DEHLI, 26-iyun. /"Dunyo" AA/. "Business India" jurnalida IV Toshkent xalqaro investitsiya forumi (TXIF-2025) yakunlari hamda O'zbekiston-Hindiston savdo-iqtisodiy hamkorligi istiqbollariga bag'ishlangan maqola e'lon qilindi, deya xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Nashr xalqaro sharhlovchisi Yeshi Seli TXIF-2025ga Hindiston kompaniyalarining yirik delegatsiyasi kelgani haqida ma'lum qilgan. Uning tarkibidan, xususan, Hindiston sanoatchilari konfederatsiyasi (Confederation of Indian Industries – CII), "Indo Rama", WAPCOS, "Larsen & Toubro" (L&T) va boshqa kompaniyalar vakillari o'rin oldi.
"CII xalqaro forumga kon-metallurgiya sanoati, infratuzilmalar bo'yicha konsalting xizmatlari va iqtisodiyotning boshqa muhim tarmoqlari mutaxassislarini jalb qildi. TXIF-2025 doirasida tashkil etilgan tadbirlarda barcha sohalarda yaratilgan qulay sharoitlarni inobatga olgan holda bugun O'zbekistonga sarmoya kiritish uchun eng qulay vaqt ekani haqidagi g'oya ilgari surildi", – deb ta'kidlagan jurnalist.
"Business India" muxbiri Hindistonning O'zbekistondagi elchisi Smita Pantning quyidagi so'zlaridan iqtibos keltirgan: "Hindiston va O'zbekiston o'rtasidagi munosabatlar yuksalish yo'nalishida rivojlanmoqda. Nodir minerallar, to'qimachilik, farmatsevtika, sun'iy intellekt, shuningdek, qimmatbaho toshlar va zargarlik buyumlari sohalarida o'zaro hamkorlikni kengaytirish uchun barcha imkoniyatlar mavjud".
Nashr o'quvchilarining e'tibori 2024-yil sentyabr oyida imzolangan ikki tomonlama investitsiya bitimi savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada mustahkamlash va ishonchli investitsiya muhitini yaratishga xizmat qilayotganiga qaratilgan.
Hindistonlik jurnalist o'z maqolasida "yashil" energetika, infratuzilma loyihalari, turizm, ta'lim va boshqa sohalardagi o'zaro manfaatli sheriklik istiqbollarini ham batafsil yoritgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston delegatsiyasi ayollar muloqoti forumida ishtirok etdi
"Europa Press": Ispaniya va O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida memorandum imzoladi
O'zbek milliy qadriyatlari "Charity Bazaar" xayriya festivalida e'tirof etildi