Logo

"Daily News Hungary": Toshkentda "Global Textile Days" – O'zbekiston to'qimachilik haftaligi bo'lib o'tdi

Sentabr 17, 2025. 11:15 • 49 soniya

31
"Daily News Hungary": Toshkentda "Global Textile Days" – O'zbekiston to'qimachilik haftaligi bo'lib o'tdi

BUDAPESHT, 19-sentabr. /"DunyoAA/. Vengriyaning ommabop "Daily News Hungary" onlayn nashrida "Toshkentda an'anaviy "Global Textile Days" – O'zbekiston to'qimachilik haftaligi bo'lib o'tdi" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Maqolada "O'zekspomarkaz" MKK pavilyonlarida "Iteca Exhibitions" kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan 30-yubiley ko'rgazma mavsumining kuzgi qismi — "Global Textile Days" – O'zbekiston to'qimachilik haftaligi bo'lib o'tgani ma'lum qilingan.

"Global Textile Days"ning birlashgan ekspozitsiyasida 22 davlatdan 250 dan ortiq brendlar, jumladan, Avstriya, Belarus, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gretsiya, Daniya, Hindiston, Italiya, Qozog'iston, Xitoy, Koreya Respublikasi, BAA, Portugaliya, Rossiya, AQSh, Turkiya, O'zbekiston, Chexiya, Shveysariya, Shvetsiya, Yaponiya kabi mamlakatlarning yirik to'qimachilik kompaniyalari vakillari ishtirok etdi", – deya ta'kidlangan materialda.

Maqolada, shuningdek, "Tadbir ishlab chiqaruvchilar, brendlar, riteylerlar, davlat tuzilmalari va ekspertlar o'rtasida Markaziy Osiyoni jahon to'qimachilik sanoatining barqaror va mas'uliyatli markazi sifatida qanday namoyish etish yo'llarini muhokama qilish uchun dinamik xalqaro maydonga aylandi", – deya urg'ulangan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish